Oʻktam Sadin – Qashqadaryolik shoir. 1965-yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Suvliq qishlogʻida tavallud topgan.

Shoirning „Koʻngil kulbasi“, „Bardosh tonggi“, „Oʻzimni uygʻotdim“ singari sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Asarlari "Qashqadaryo bayozi 2", „Soʻz tashrifi“ sheʼriy turkumlaridan ham joy olgan. Oʻktam Sadinning sheʼrlari bir nechta gazeta va jurnallarda chop etilgan. Jumladan, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“, „Mushtum“ jurnallari va „O'zbekiston adabiyoti va san'ati“ gazetasi bunga misol boʻla oladi. "Bardosh tonggi" toʻplami orqali shoir mashhurlikka erishgan. Oʻktam Sadinning ayollar haqidagi "Ayolimga", „Sogʻinchlar sargʻayar“, „Qizimning sheʼrlari“, „Sogʻindim“, „Taqdir“, „Ayolni kamsitmang“, „Onamga“ kabi sheʼriy toʻplamlari ham chop etigan[1]. Oʻktam Sadin "Inson manfaati gazetasi direktori sifatida faoliyat yuritgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Yo'ldoshev, Boynazar. Qashqadaryo adiblari. Qashqadaryo: Oltin-nashr — 358-bet. ISBN 978-9943-6333-0-8. 
  2. Nuriddin Egamov. Yonayotgan gazeta yoxud „majburiy obuna“ga barham berish — bu majburiy ziyosizlikka yo’l ochish degani emas-ku (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 30-may 2024-yil.