Oʻlikbosh
Oʻlikbosh — arvoh kapalaklar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uz. 60 mm ga yaqin, yoyilgan qanotlari — 130 mm gacha. Koʻkragi orqasida odamning bosh suyagiga oʻxshash sariq rasm bor (nomi shundan). Afrika, Oʻrta dengiz mamlakatlari, Yevrosiyo, jumladan, Janubiy Yevropa, Kavkaz, Turkmanistonda tarqalgan. Daraxtlardan kataklari devorini teshib, undagi asalni soʻrib oziqlanadi. Qurtining uz. 130 mm gacha. Noyob tur sifatida Rossiya Qizil kitobiga kiritilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |