Oʻng boʻlmacha – (atrium dextrum) kub shaklida boʻlib, katta qon aylanish doirasining yakunlovchi qismi hisoblanadi. U boʻlmachalar orasidagi toʻsiq tufayli chap boʻ1machadan ajralib turadi. Toʻsiqda bitib ketgan oval teshik qoldigʻi hisoblangangan oval chuqurcha koʻrinib turadi. 0‘ng boʻlmachaning hajmi kattaroq boʻlib oʻng quloqcha boʻshligʻi hisobiga kattalashadi. Boʻlmacha devorining qalinligi 2-3 mm, ichki yuzasi silliq hisoblanadi. Quloqchaning ichki yuzasida taroqsimon mushak tutamlari joylashgan[1].

Tuzilishi

tahrir

O‘ng boʻlmacha devorida yuqorigi kavak vena teshigi va pastki kavak vena teshigi oʻrtasida kichkina venalararo doʻmboqcha joylashgan. Pastki kavak vena teshigining pastki cheti boʻylab yarimoysimon burma koʻrinishida pastki kavak vena toʻsigʻi boʻladi. Bu burma homila davrida qonni oʻng boʻlmachadan oval teshik orqali chap boʻlmachaga yoʻnaltiradi. 0‘ng boʻlmacha oʻng qorincha bilan ular orasidagi teshik tufayli qoʻshilib turadi. Pastki kavak vena teshigi bilan oʻng boʻlmacha va oʻng qorinchalar orasidagi teshik oʻrtasida tojsimon sinus teshigi joylashgan. Uning atrofini ingichka oʻroqsimon burma – tojsimon sinus toʻsigʻi oʻragan. Tojsimon sinusga mayda yurak vena teshiklari ochiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 A. Ahmedov. Yurak, 2013 (O'zbekcha), Toshkent — 373 bet-bet. ISBN 978-9943-13-368-6. Qaraldi: 22-iyul 2023-yil.  (Wayback Machine saytida 2023-07-21 sanasida arxivlangan)