Oʻquv fani
Oʻquv fani — oʻquv yurtlarida oʻrganish uchun fan, texnika, sanʼat, ishlab chiqarish faoliyati va boshqalar muayyan sohalardan tanlab olingan bilim, malaka va koʻnikmalar tizimi. Oʻquv fanining mazmuni shu Oʻquv fani boʻyicha joriy etilgan davlat taʼlim standarti, oʻquv dasturi va darsliklarda oʻz aksini topadi. Xususan, OʻzRda umumiy oʻrta taʼlim maktablari (1—9sinflar) uchun 22 nomda Oʻquv fani joriy etilgan. Urta maxsus va oliy oʻquv yurtlari uchun Oʻquv fanining soni mazkur oʻquv yurtlarining taʼlim yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, Oʻquv fanining tarkibi, uni oʻrganishdagi oʻzaro aloqadorlik va izchillik oʻquv rejasi bilan belgilanadi. Mazmuniga koʻra, umumiy taʼlim (umumilmiy) hamda mutaxassisni tayyorlashda kasbini belgilovchi maxsus Oʻquv faniga ajraladi. Oʻquv fanining soni, hajmi tegishli vazirlik va boshqalar markaziy boshqaruv organlari tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |