Oʻquv yili
Oʻquv yili — oʻquv yurtlarida mashgʻulot boshlanishidan yozgi taʼtilgacha boʻlgan davr. Oʻquv yili dastlab taʼlimning sinfdars tizimi joriy etilishi munosabati bilan 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va Ukrainada belgilandi. Bungacha bolalar maktablarga har xil vaqtlarda kirib oʻqiganlar, mashgʻulotlar yil boʻyi, taʼtilsiz olib borilgan. Oʻzbekistonda Oʻquv yili 1-sentabrdan 20-iyungacha davom etadi (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari uchun 1-sentabrdan 25-maygacha). Oʻquv yili umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 4 chorak, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari uchun 2 semestrdan iborat. Chorak va semestrlar orasida oʻquvchi va talabalarga taʼtil beriladi. Oʻquv yilining chorak va semestrlarga boʻlinishi oʻquvchi hamda talabalarning bilim darajasini baholash va nazorat qilish imkonini beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |