Oʻriklisoy
Oʻriklisoy — Jizzax viloyatidagi soy, Zominsuv soyining oʻng irmogʻi. Uzunligi 28 km, havzasining maydoni 226 km². Turkiston tizmasining shim.gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Asosiy irmogʻi — Ismana soyi. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi quyilish joyida 0,651 m³/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,05 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 0,067 m³/sek.gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Aprel—iyunda sersuv, baʼzan toshadi. Sutkalik eng koʻp suv sarfi aprel—iyunda 17,3 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 0,084 m³/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |