Oʻsaroʻt
Oʻsaroʻt, tilonoʻt — semizakdoshlar (semizbargdoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Yer ostki qismi tugunaksimon yoʻgʻonlashgan. Boʻyi 5—15 sm. Barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, etli. Oʻzbekistonda 5 turi uchraydi. Oʻ.ning barcha turlari manzarali oʻsimlik hisoblanadi. Oʻzbekistonda alp Oʻ. va hisor Oʻ. keng tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |