Oshskiye sobitiya: Na materialax KGB

Talanat Razaqovning 1990-yilgi Oʻsh voqeasi haqidagi kitobi

„Oshskiye sobitiya“ (qirgʻizcha: Ош коогалаңы; ruscha: Ошские события) (tarjimasi „Oʻsh voqeasi“), toʻliq nomi „Oshskiye sobitiya: Na materialax KGB“ (qirgʻizcha: Ош коогалаңы: КГБ нын маалыматтары боюнча; ruscha: Ошские события: На материалах КГБ) (tarjimasi „Oʻsh voqeasi: MXQ maʼlumotlari boʻyicha“) — Talant Razaqov Oʻsh voqeasi haqida yozgan kitob. 1993-yil Bishkek shahrida „Renessans“ nashriyotida chop etilgan. Asar Qirgʻizistonda ayrim tarix boʻyicha oliy oʻquv yurtlari dasturlari uchun tavsiya qilingan adabiyotlar safidan oʻrin olgan[1].

Oshskiye sobitiya: Na materialax KGB
Asl nomi Ошские события: На материалах КГБ/Ош коогалаңы: КГБ нын маалыматтары боюнча
Muallif(lar) Talant Razaqov
Til qirgʻiz, rus
Nashr etilgan sanasi 1993
Nashriyot „Renessans“
Sahifalar soni 112
ISBN ISBN 5-85580-001-6

Asar matni ham qirgʻiz, ham rus tilida yozilgan. Muallif shaxsiy kuzatuvlari, guvohlar hikoyalari, mavjud faktlar hamda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi maʼlumotlariga tayanib, 1990-yil asosan Oʻsh va Oʻzgan shaharlarida qirgʻizlar bilan oʻzbeklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarni tahlil qilgan. Kitob oxirida hodisa bilan bogʻliq hujjatlar ilova qilingan. Ulardan biri Jalolobod viloyati yashovchi oʻzbeklarning SSSR rahmbariyatiga murojaatidir[2].

Manbalar

tahrir
  1. Методические указания по истории Кыргызстана для студентов всех специальностей (ruscha). Bishkek: Кыргызский Государственный Технический Университет им. И. Раззакова, 2007. 
  2. Толина, Сабина „Межэтнические столкновения на юге Кыргызстана, возможно, повторятся“ (ruscha). PR (11-iyun 2010-yil). Qaraldi: 29-iyun 2024-yil.