Oʻt qoplami
Oʻt qoplami — tabiiy yoki ekshtgan oʻtlar (koʻp yillik, bir yillik yoki ular aralashmasi)dan iborat oʻsimlik qoplami. Tabiiy Oʻt qoplami oʻtloq, dasht, choʻl va boshqalar; botanik tarkibiga koʻra boshoqli, efemerboshoqli, dukkakliboshoqli va boshqalarga boʻlinadi. Ekilgan Oʻt qoplami sof (oʻtning bir turidan iborat) va aralash (ikki yoki undan koʻp) boʻlishi mumkin. Oʻt qoplami qaysi bir oʻsimlik koʻproq ekilgan boʻlsa, oʻshanga qarab, mas, bedaboshoqli, vikasulili va boshqalar deb nomlanadi. Oʻt qoplami va undan tayyorlanadigan pichan, senaj sifati oʻsimlik turlarining ozuqalik qimmati va oʻtkazilgan afotexnik choratadbirlarga bogʻliq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |