Oʻtkinchi baliqlar
Oʻtkinchi baliqlar — baliqlarning ekologik guruhi; uvildiriq tashlashi davrida dengizlardan daryolarga (anadrom migratsiya) yoki daryolardan dengizlarga (katadrom migratsiya) koʻchib oʻtadi.
Anadrom migratsiya seldsimonlar, losossimonlar, osyotrsimonlar va boshqalar baliklar uchun xos. Bu balikdarning bir qismi kuzda jinsiy hujayralari yetilmasdan oldin daryolarga oʻtib, bahorda koʻpayishga kirishadi (qishki irqlar); boshqa qismi bahorda jinsiy hujayrasi yetilish oldidan daryolarga oʻtadi va tezda koʻpayishga kirishadi (bahorgi irklar).
Katadrom migratsiya ayrim buqabaliqlar, daryo ilon baligʻi (ugor) va tropik laqqa baliqlar uchun xos. Oʻ.6., odatda, suv shoʻrlanishining keng miqyosda oʻzgarishiga moslashish xususiyatiga ega. Koʻplab har xil toʻsiqlar (kuchli oqim, sharsharalar, sayozliklar)ni oʻtishi uchun juda kup energiya sarflanishi sababidan Oʻtkinchi baliqlar migratsiya oldidan zaxira oziq (asosan, yogʻ) toʻplaydi. Oʻtkinchi baliqlar uvildiriq tashlaydigan joylar muhofaza qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |