Oʻtloqchilik
Oʻtloqchilik — pichanzor va yaylov xoʻjalagini yuritish tizimi; qishloq xoʻjaligining bir tarmogʻi. Oʻ. tabiiy, ekma yaylov va pichanzorlarda pichan, koʻk ozuqa va boshqalar yemxashaklar yetishtirish, yemxashakni faqat oʻtzorlardagina emas, balki botqoq, choʻl, dasht va boshqalar joylarda ham yetishtirish hamda jamoat chorvachiligi uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish bilan shugʻullanadi. Oʻ.ning asosiy vazifalaridan biri — tabiiy pichanzor va yaylovlarni yaxshilash hamda hosildor pichanzor va yaylovlar barpo qilish, shuningdek, ulardan samarali foydalanish. Tashkiliyxoʻjalik tomonidan Oʻ. dalachilik va chorvachilik bilan uzviy bogʻliq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |