Oʻyuvchi ishqorlar
Oʻyuvchi ishqorlar - ishqoriy metallarning suvda yaxshi eriydigan gidroksidlari. Mas, oʻyuvchi natriy NaON, oʻyuvchi kaliy KON. Koʻpgina materiallarni, shilliq parda va terini oʻyish xossasiga ega ("oʻyuvchi" nomi shundan). Sanoatning turli sohalarida qoʻllanadi (yana qarang Ishqorlar). UQ — 1) arava, mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismlarini tutib turadigan detali. Foydali burovchi momentni uzatmaydi. Oʻ.ning aylanuvchi va qoʻzgʻalmas xillari boʻladi; 2) nuqta vaziyatini, yoʻnalishini, sanoq boshini koʻrsatadigan va masshtab birligida olingan toʻgʻri chiziq (koordinata oʻqi); uning ustida yotgan nuqtaning vaziyatini belgilaydi; 3) simmetriya oʻqi (qarang Simmetriya); 4) qattiq jism (mas, giroskop)nmt qoʻzgʻalmas nuqtadan oʻtuvchi oʻqi (oniy aylanish oʻqi); jism shu Oʻ. atrofida burilganda bir vaziyatdan shunga cheksiz yaqin vaziyatga siljiydi; 5) Yerning sutkalik harakati yuz beradigan toʻgʻri chiziq (Yerning aylanish Oʻ.i). Yer markazi orqali yer sirtini geogrik, qutblari kesib oʻtadi. Yerning aylanish Oʻ.iga parallel ravishda osmon gumbazi markazidan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq olam oʻqi deb ataladi; 6) materiallar qarshiligida egiladigan balkaning koʻndalang kesimidagi chiziq (neytral Oʻ.); uning nuqtalarida balka oʻqiga parallel boʻlgan normal kuchlanishlar nolga teng boʻladi; 7) harbiy qurollar, ov va sport qurollari (miltiq, pulemyot, toʻpponcha va boshqalar) ning jangovar patroni kallagi (bosh qismi). Oddiy va maxsus (iz qoldiruvchi, zirhteshar, yondiruvchi, signal beruvchi va hokazo) turlari bor. Oddiy Oʻ. qobiq, oʻzak, qoʻrgʻoshin gʻilofdan iborat. Iz qoldiruvchi, yondiruvchi va signal beruvchi Oʻ.larda gʻilof ichiga maxsus moddalar toʻldiriladi. Kalibri (oʻlchami) boʻyicha kichik (6,5 mm), normal (7,5—7,69 mm) va katta (12,7–15 mm) kalibrli turlarga boʻlinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |