Oʻzan
Oʻzan — daryo vodiysining eng past, suv oqadigan, hatto suv qaytish davrida ham oqim boʻladigan qismi. Katta daryolar Oʻ.ning eni bir necha km ga yetishi mumkin. Togʻlarda Oʻ. koʻpincha toʻgʻri, qirgʻoqlari tik boʻladi, tekisliklarda esa ilon izi, ayrim joylari sayoz boʻlib, suvning yuvishi, choʻkindilar yotqizilishi natijasida shakli (mas, Oʻzbekistonda Sirdaryo va Amudaryo daryolari Oʻ.) oʻzgarib turadi. Qurgʻoqchil oʻlkalarda yilning koʻp qismida qurib yotadigan mavsumiy Oʻ.lar ham boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |