Oʻzaro taʼsir
Oʻzaro taʼsir — falsafiy tushuncha. Obʼyektlarning bir-biriga taʼsir etishini, ularning oʻzaro bogʻliqligini va bir obʼyektning boshqa obʼyektni vujudga keltirish jarayonlarini anglatadi. Oʻzaro taʼsir harakat, taraqqiyotning obyektiv va universal shakli boʻlib, har qanday moddiy sistemaning mavjudligi va maʼlum tartibda tuzilishini belgilab beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |