Oʻzbek qizi — Akbar Bekturdiyevning Ikkinchi jahon urushi Sharqiy frontida Qizil Armiya safida boʻlgan oʻzbek mergan qizi haqidagi harbiy dramasi. Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Cinema of Central Asia“ kinokompaniyasi tomonidan Belarus kinoijodkorlari ishtirokida suratga olindi[1].

Oʻzbek qizi
Rejissyor(lar) Akbar Bekturdiyev
Prodyuser(lar) Firdavs Abduxoliqov
Feruza Bekturdiyeva
Rollarda Aysanem Yusupova
Feruza Saidova
Yigitali Mamajonov
Oleg Taktarov
Sergey Lapanitsin
Milana Ivanova
Yigitali Mamajonov
Kinematografiya Husan Alijonov
Maksim Kurovskiy
Studiya(lar) “Sinema of Sentral Asia»
"Parason Prodakshn"
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbek tili

Mazmuni tahrir

Harbiy qurol yarogʻ maktabi bitiruvchisi, 18 yoshli snayperchi Jamila (Aysenem Yusupova) Belorussiyadagi Kalinin frontida koʻngilli jangchi boʻlib xizmat qiladi, chunki uning sevgilisi urush frontlarining birida jang qilayotgan edi. Jamila jangovar tayyorgarlikdan oʻtadi va jarayonlarda toʻliq toblanadi. U barcha mashaqqat va qiyinchiliklarga bardosh beradi va mardonavor kurashadi, lekin yarador boʻlib, nemislar tomonidan asirga tushadi. Voqealar rivojida Jamila oʻz sevgilisini topadi, U yigit, maʼlum boʻlishicha, uch tomonlama agent boʻlib, natsistlar ortida maxfiy ishlaydi. U Jamilani qutqarib, uni oʻrmon boʻylab yashirincha olib oʻtadi, u yerda bularni Belarus partizanlari toʻxtatadi.

Rollarda tahrir

Ishlab chiqarish tahrir

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan „Sinema of Sentral Asia“ studiyasi va Belarus Respublikasining „Parason Prodakshn“ studiyasi yordamida suratga olinmoqda[2].Bosh qahramon Jamila obrazi sovet mergani Zebo Gʻaniyeva[3] edi. Zebo Gʻaniyeva 1923-yilda Ozarbayjonning Shamaxa shahrida dunyoga kelgan. Uning otasining millati ozar, onasining millati esa oʻzbek boʻlgan[4]. Bosh qahramon prototipi haqida gapirganda filmning ikkinchi rejissyori Baxriddin Aynazarovning fikricha, mergan Jamila Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan yuzlab ayollarning umumiy obrazidir deya taʼkidlaydi. Filmni suratga olish boshlanishidan oldin bosh rol ijrochisi Aysenem Yusupova qoʻl jangi texnikasini puxta egallashi, sovuq qurollar va snayper miltigʻini boshqarishi kerak edi. Suratga olish jarayonining katta qismi Belarusiyada boʻlib oʻtdi: „Zabroddie“ muzey-koʻchasida va Belarus oʻrmonlarida boʻlib oʻtgan. Filmni suratga olish ishlari yakunlangani 2023-yil yanvar oyi boshida eʼlon qilindi.

Ijodiy guruh tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir