Oʻzbek xalq maqollari
A
tahrirAvval salom baʼdaz kalom.
B
tahrirBir kattani bil, bir kichikni bil.
Bola aziz — odobi undan aziz.
Bolaning erkasi, bitning sirkasi.
Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim, Orlanib soʻramagan oʻziga zolim.
Bosh boʻlmagan uyda otasi turib oʻgʻli soʻzlar.
I
tahrirIlmli bir yashar, ilmli ming yashar
Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan.
K
tahrirKatta izzatda — kichik xizmatda.
Kattada izzat yoq, kichikda xizmat yoq.
Kattaga katta boʻl, kichikka — kichik.
Kattaga salom ber, kichikka alif lom .
Kattani hurmati — qarz, Kichikka salom — farz.
Kattani katta desang oʻzidan ketar, Kichikni katta desang, kattaga yetar.
Kattani uyalgisi kelsa, kichikka tegar.
Koʻp oʻynagan bola, el koʻzida ola.
Kattaga hurmatda boʻl, Kichikka izzatda boʻl.
O
tahrirOdob — kishinig zebu ziynati.
Odob — oltindan qimmat.
Odob — peshada, gunoh — teshada.
Odob bozorda sotilmas.
Odobim — oftobim.
Odobli bola elga manzur.
Odobli kelinning supurgisi hashak ostida turar.
Odobli oʻqil — koʻkdagi yulduz, odobli qiz — yoqadagi qunduz.
Odoblikni belgisi — eshilib salom bergani, Yaqinlikning belgisi — kelib-ketib turgani.
Odobni beodobdan oʻrgan.
Odobning boshi — til.
Odobsiz betga chopar.