Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (OʻzFIPI) – Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarori asosida tashkil etilgan[1][2].
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti logotipi | |
Xalqaro nomi |
Uzbek-Finnish Pedagogical Institute |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 2022-yil |
Rektori | Shahzoda Negmatova |
Fakultetlar | 6 |
Talabalari | 9000 dan ortiq |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Manzili |
Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy. O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti. , Samarqand , O'zbekiston |
Veb-sayti | www.uzfi.uz |
Institut vazifasi
tahrirInstitut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi[2].
Institut maqsadi
tahrirInstitutning maqsadi oʻzbek xalqiga yuqori salohiyatli va ilgʻor taʼlim texnoligiyalariga asosan professional sifatli pedagog kadrlar tayyorlashdir. Institutda oʻquv jarayoni „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonun, taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq „Davlat taʼlim standarti“ va „Malaka talablari“ asosida yuritiladi va tartibga solinadi. Oʼquv jarayonining sifatli borishi hamda uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda yuqori natijalarni koʻrsatish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari soʻnngi yillarda ishlab chiqarilgan zamonaviy axborot texnologiyalari, yoqori sifatli proektorlar, video va audio tizimlari bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni uchun institut oʻqituvchilari tomonidan barcha fanlar boʻyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallar ishlab chiqilgan. Institut kredit modulli oʻquv tizimi asosida faoliyat olib boradi. Institutda oʻquv jarayoni oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladi.
Institut axborot resurs markazi
tahrirInstitutning ARM (axborot-resurs markazi)ning bazasida 100000 dan ortiq nashrga ega boʻlgan materiallar mavjud. Institut ARMning asosiy qismini darslik va oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy, ilmiy adabiyotlar tashkil etadi.
ARMda elektron kutubxona mavjud boʻlib bazasidan har bir talaba, hamda professor-oʻqituvchilar foydalana oladilar[3].
Fakultetlar
tahrirHozirgi kunda institutda 6 ta fakultet faoliyat koʻrsatadi. Ular:
- Sanʼatshunoslik fakulteti
- Tabiiy fanlar fakulteti
- Jismoniy madaniyat, sport va Maktabgacha ta'lim fakulteti
- Amaliy matematika va fizika fakulteti
- Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti
- Filologiya fakulteti
Kafedralar
tahrir- Musiqa taʼlimi kafedrasi
- Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi
- Texnologik ta'lim
- Matematika va informatika kafedrasi
- Fizika-astronomiya
- Kimyo kafedrasi
- Biologiya va geografiya kafedrasi
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
- Sport turlarini oʻqitish metodikasi kafedrasi
- Maktabgacha ta'lim kafedrasi
- Psixologiya kafedrasi
- Pedagogika kafedrasi
- Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi
- Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi
- Xorijiy tillar kafedrasi
- Rus tili va adabiyoti kafedrasi
- Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
Bakalavr yoʻnalishlari
tahrirKunduzgi
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60110900 | Biologiya |
2 | 60110500 | Boshlangʻich taʼlim |
3 | 60110700 | Fizika va astronomiya |
4 | 60111000 | Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari |
5 | 60112200 | Jismoniy madaniyat |
6 | 60110800 | Kimyo |
7 | 60110200 | Maktabgacha taʼlim |
8 | 60111900 | Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport |
9 | 60110600 | Matematika va informatika |
10 | 60111300 | Musiqa taʼlimi |
11 | 5140600 | Oʻzbek tili va adabiyoti |
12 | 60111400 | Gidrometeorologiya |
13 | 61010342 | Sport faoliyati: futbol |
14 | 61010320 | Sport faoliyati: kurash |
15 | 61010321 | Sport faoliyati: qoʻl toʻpi |
16 | 61010311 | Sport faoliyati: voleybol |
17 | 60111100 | Tarix |
18 | 60111200 | Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi |
19 | 60112300 | Texnologik taʼlim |
20 | 60111802 | Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili |
Sirtqi
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60110500 | Boshlangʻich taʼlim |
2 | 60112200 | Jismoniy madaniyat |
3 | 60110200 | Maktabgacha taʼlim |
4 | 60111900 | Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport |
5 | 60111300 | Musiqa taʼlimi |
6 | 61010320 | Sport faoliyati: kurash |
7 | 60111100 | Tarix |
8 | 60111200 | Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi |
9 | 60112300 | Texnologik taʼlim |
Kechki
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60110900 | Biologiya |
2 | 60110700 | Fizika va astronomiya |
3 | 60111000 | Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari |
4 | 60110800 | Kimyo |
5 | 60110600 | Matematika va informatika |
Magistratura yoʻnalishlari
tahrir# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 70110601 | Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (matematika) |
2 | 70110602 | Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (Taʼlimda axborot texnologiyalari) |
3 | 70110701 | Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (fizika va astronomiya) |
4 | 70110901 | Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (Biologiya) |
5 | 70110801 | Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (kimyo) |
6 | 70111001 | Aniq va tabiiy fanlarni oʽqitish metodikasi (geografiya) |
7 | 70112201 | Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi |
8 | 70111101 | Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix) |
9 | 70111401 | Oʻzbek tili va adabiyoti |
10 | 70111202 | Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi |
11 | 70111301 | Musiqa taʽlimi va sanʽat |
12 | 70110101 | Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi boʻyicha) |
13 | 70110501 | Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim) |
14 | 70110201 | Taʽlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha taʼlim) |
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori“. www.lex.uz. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (21-iyun 2022-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „SamDUning O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi“. www.uzreport.news. “UzReport” axborot agentligi (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Unilibrary“. library.uzfi.uz. Oliy ta'lim muassasalarining yagona elektron kutubxona axborot tizimi. Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.