Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Oʻzbekiston «Maʼnaviyat va maʼrifat» jamoatchilik markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 288-Qaroriga asosan tashkil etilgan. Markaz respublika jamoatchiligi bilan hamkorlikda ish yurituvchi, byudjet ajratmalari va xoʻjalik hisobidagi mablagʻlar asosida faoliyat koʻrsatuvchi tashkilotdir.
Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- Mumkin
- yuksak isteʼdod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʻnaltirish;
- millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni, yurtimizni tinchlik, barqarorlik hamda fuqarolar totuvligini, mintaqa xalqlarining mushtarak maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy ildizlarini tadqiq va tahlil asosida targʻib etish;
- mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, eʼtiqod, gʻoyalarni oʻrganish, sogʻlom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shaklantirishda ishtirok etish;
- jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotning ommaviy-axborot vositalarining oʻzaro samarali hamkorligiga koʻmaklashish;
- maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga doir maʼruzalar uyushtirish, anjuman va suhbatlar oʻtkazish.
Matbuot organi — «Tafakkur» jurnali.
Markaz qoshida «Oltin meros» xalqaro jamgʻarmasi, «Maʼnaviyat» nashriyoti va «Jahon adabiyoti» jurnali tashkil etilgan. «Kasb maʼnaviyati» oʻquv kurslari muvaffaqiyat bilan ishlab turibdi.