Oʻzbekiston Milliy arxivi
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Oʻzbekiston Milliy arxivi (sobiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, 2019-yildan Oʻzbekiston milliy arxivi[1]) — respublika miqyosidagi muassasa hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
„Oʻzarxiv“ agentligiga boʻysunadi. Oʻz MA arxivshunoslik, hujjatshunosli, arxeografiya va ular bilan bogʻliq boʻlgan bir qator fanlar sohasida respublikada ol b borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar boʻyicha markaz sanaladi.
Tarixi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi(hozirgi Oʻzbekiston Milliy arxivi) Oʻzbekiston SSR Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan faoliyat koʻrsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markazi y davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatdan Oʻrta Osiyo respublikalari Markaziy davlat a rxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha boʻlgan koʻp sonli hujjatlar saqlanmoqda. Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda Oʻzbekiston tarixining turli davrlarga oid masalalar yoritilgan boʻlib, ularning oʻta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. Vaqf hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid. OʻzR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni oʻz ichiga oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, toʻplamlar, tarixiy davr (1917 yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjud.
Oʻzbekiston Milliy arxiv tomonidan quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
tahrir- hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash;
- tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida hamda atoqli shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash;
- radio- va telekoʻrsatuvlarni tayyorlash;
- ekskursiyalarni oʻtkazish;
- koʻrgazmalarni tashki etish;
- fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy soʻrovlarini bajarish;
- jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli soʻrovlarini bajarish va hujjatlarini aniqlash;
- ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari boʻyicha ilmiy ishlarni tayyorlash va chop etish;
- arxiv hujjatlarining toʻplamini nashr etish;
- arxiv hujjatlaridan nusxalarni va koʻchirmalarni berish;
- arxiv hujjatlarini raqamlashtirish;
arxiv ishi boʻyicha seminarlarni, maʼruzalarni oʻtkazish;
- arxiv ishi boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtkazish;
Bugungi kunda Oʻz MA arxivshunoslik va hujjatshunoslik sohasi boʻyicha quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi:
tahrir- 1. Hujjatshunoslik va arxiv hujjatlari Butunittifoq ilmiy-tekshirish instituti (VNIIDAD) – Rossiya Federatsiyasi;
- 2. Korea International Cooperation Agency (KOICA) – Janubiy Koreya;
- 3. M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti – Germaniya;
- 4. „Xolokost“ memorial muzeyi – AQSH;
- 5. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti;
- 6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi.
- 7. Oʻzbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti.
Adabiyotlar
tahrir1.Rashidov O. Oʻzbekistonda arxiv ishi tarixi. Toshkent-2019. 89-93-betlar.