Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi — javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydigan va ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanishi mumkin boʻlgan jazo hamda boshqa huquqiy taʼsir choralarini, ularni tayinlashning umumiy qoidalarini oʻzida aks ettirgan Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjati tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi yuqorida qayd etilgan taʼrifni oʻzida mujassam etadi. Jinoyat kodeksi va jinoyat qonuni aynan bir xil tushunchadir.

Tarixi va tuzilishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi — „Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi Qonuni bilan 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan.
Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismlardan iborat.

  • Jinoyat kodeksining Umumiy qismi yettita boʻlim, 17 bobdan iborat, 1—96-moddalarni oʻz ichiga olgan.
  • Jinoyat kodeksining Maxsus qismi sakkizta boʻlim (Sakkizinchi boʻlim Atamalarning huquqiy maʼnosi), 24 bobdan iborat boʻlib, 97-302-moddalarni oʻz ihciga olgan.

Agar jinoyat qonuni yangi tarkibiy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, ular asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilanadi.

Kodeksning vazifalari

tahrir

Jinoyat kodeksining vazifalari:

  • shaxsni, uning huquq va erkinliklarini,
  • jamiyat va davlat manfaatlarini,
  • mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qoʻriqlash,
  • shuningdek jinoyatlarning oldini olish,
  • fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Kodeksning prinsiplari

tahrir
  • qonuniylik,
  • fuqarolarning qonun oldida tengligi,
  • demokratizm,
  • insonparvarlik,
  • odillik,
  • ayb uchun javobgarlik,
  • javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.

Havolalar

tahrir

Jinoyat kodeksi

Adabiyotlar

tahrir

Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov — T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.