Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil

„Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil“ esdalik nishoni bilan davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok boʻlgan yoxud yarador boʻlgan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari taqdirlanadilar[1].

„Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil“ esdalik nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi esdalik nishon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy fuqarolarga
Taqdirlash asosi davlatning mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlar qurilishiga muhim hissa qoʻshgan shaxslar, oʻzining yuksak kasb mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon qilgan harbiy, isteʼfodagi va zaxiradagi harbiylar hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan yoki yaralangan va shikastlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2016-yil 28-noyabr.

Tavsifi

tahrir
  • „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil“ esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi.
  • Esdalik nishonining old tomoni markazida taralayotgan quyosh nurlari fonida Amir Temur haykali tasvirlangan. Uning orqa tomonida Shahrisabz shahrida joylashgan qadimgi Oqsaroy majmuasi peshtoqi aks ettirilgan. Esdalik nishonining yuzasida tasvirlangan haykalning oʻng va chap tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan yil va yubiley yili 1992 — 2017 raqamlari aks ettirilgan.
  • Esdalik nishonining aylanasi boʻylab „OʻZBeKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIGA“ soʻzlari, pastki qismi markazida esa ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida „25 YIL“ yozuvi aks etgan.
  • Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi, pastki qismining markazida „2017“ yozuvi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir