Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, respublikaga tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar, texnik koʻmak, maqsadli begʻaraz yordam) mablagʻlarini jalb qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun masʼul vakolatli davlat organi hisoblanadi.[1]
Turi | investitsiyalar va tashqi savdo |
---|---|
Maqomi | Vazirlik |
Ishga tushgan sanasi | 2019-yil 28-yanvar |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Jamshid Xoʻjayev |
Vebsayti | mift.uz/uz |
Til(lar)i | Oʻzbek tili |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28-yanvardagi №5643 raqamli «Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq Investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi va Tashqi savdo vazirligini qoʻshish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo Vazirligi tashkil etildi.
Vazifalar
tahrirDavlat taraqqiyot dasturi va investitsiya dasturini, shuningdek sohaviy va hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha davlatning yagona investitsiya siyosatini hayotga tatbiq etish;
chet el investitsiyasini jalb qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari bilan, xorijiy hukumatga qarashli moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama formatda oʻzaro samarali hamkorlik qilish;
davlat organlari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro va chet el moliya va iqtisodiy institutlaridagi doimiy vakillari faoliyatini, shuningdek Tashqi ishlar Vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shugʻullanayotgan xodimlari bilan birgalikda muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyaviy hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarni tayyorlashi, kelishuv va imzolashida ishtirok etish;
Investorlar bilan doimiy oʻzaro qarama-qarshi aloqani taʼminlash, investitsiyalarini jalb qilishda hududlarni va mahalliy kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash, investitsiyaviy takliflarni ishlab chiqishni tashkillashtirish;
Tashqi savdoda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, eksportni qoʻllab-quvvatlash Milliy tizimlarning samarali faoliyatini taʼminlash, tashqi savdoni tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
savdoda tarifli va tarifsiz tartibga solish choralarni qoʻllash bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek elektron savdo ishlarini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo hamkorliklarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini va boshqa koʻp tomonli iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorliklarini muvofiqlashtirish;
ulgurji va birja savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini tahlil qilish va monitoringini yuritish va marketing tadqiqotlarini olib borish va tovarlar narxlari haqida maʼlumotlarni tahlil qilish;
tashqi savdo infratuzilmalarini rivojlantirish masalalarini ilgari surish, jumladan tranzit imkoniyatlari darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini yanada takomillashtirish, shuningdek eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish.[2]
Quyi tashkilotlar
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi investitsiya loyixalarini ishlab chiqish Markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksportni ragʻbatlantirish Agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish Agentligi [3]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2019-yildagi PF-5643-son lex.uz 30.01.2019
- ↑ Вазирлик ҳақида (Wayback Machine saytida 2022-04-15 sanasida arxivlangan) mift.uz
- ↑ Қуйи ташкилотлар (Wayback Machine saytida 2022-04-15 sanasida arxivlangan) mift.uz