Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi
„Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi“ koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanayotgan hamda atrof muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi[1][2].
„Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi“ koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan hamda atrof muhitni muhofaza qilish ishlariga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2021-yil 6-may. |
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Tavsifi
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi“ koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi[3][4].
- Koʻkrak nishonining markazida, balandlik uzra nur taratib turgan quyosh fonida koʻp yillik oʻrmon daraxti va yashil dala, uning quyi qismida yaylov tasviri aks ettirilgan.
- Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida yashil rangli emal fonida „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRMON XOʻJALIGI FIDOYISI“ soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida sakkiz burchakli yulduz tasvirlangan.
- Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2,2 millimetr boʻlgan „SONADAGI KOʻP YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN“ soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
- Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
- Qadagʻich eni 22 millimetrli yashil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning har ikki tarafidan eni 2 millimetrli oq rangdagi yoʻllar tushirilgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 06.05.2021 y. N 285 „OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI OʻRMON XOʻJALIGI FIDOYISI“ KOʻKRAK NIShONINI TAЪSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
- ↑ [https://lex.uz/uz/docs/-5411664 “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RMON XO‘JALIGI FIDOYISI” KO‘KRAK NISHONINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI]
- ↑ OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 06.05.2021 y. N 285 qaroriga 1-ILOVA
- ↑ “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi