Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi

Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi — Oʻzbekistonda mini-futbolni nazorat qiluvchi va boshqaradigan tashkilotdir. Bosh qarorgohi Toshkentda joylashgan. Milliy chempionat, terma jamoalarni tashkil etish, umuman mini-futbolni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shugʻullanadi.

Oʻzbekiston Futzal Assotsiatsiyasi
Turi futzal tashkiloti
Status assotsiatsiya
Joylashuvi Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Olmazor koʻch. 4-uy.
Vebsayti ufa.uz

Maqsad va vazifalari tahrir

  • Oʻzbekistonda mini-futbol (futzal) boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish orqali tinchlik, doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik gʻoyalarini ommalashtirish va targʻib qilish;
  • Mini-futbolni (futzal) ommalashtirish va targʻib qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini himoya qilish;
  • Futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va futzal mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
  • Futzalning axborot, ilmiy-uslubiy va texnik bazasini qoʻllab-quvvatlash;
  • Assotsiatsiya aʼzolari, futzal faxriylari, futbolchilar, murabbiylar, hakamlar, shuningdek, faoliyati mamlakatimizda futzalni rivojlantirish, uning ichki va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan har bir insonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

Rahbariyat tahrir

Federatsiyaning birinchi vitse-prezidenti Hoshimov Muxtor Muinovich
Vitse-prezident Usmonov Jahongir Mirabrorovich
Ijrochi direktori Talibdjanov Rustam Asqarovich

Manzil tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Olmazor koʻch. 4-uy.

Havolalar tahrir