Oʻzbekiston parlament saylovi (2024)

2024-yilgi Oʻzbekiston parlament saylovi – Oʻzbekistonda parlament quyi palatasi va hududiy vakillik organlari aʼzoligi uchun oʻtkazilgan saylov.

← 2019   Oʻzbekiston  2029 →
Oʻzbekiston parlament saylovi (2024)
2024-yil 27-oktyabr

Tarixi

tahrir

2024-yil 26-iyulda Markaziy saylov komissiyasi saylovni oʻtkazish boʻyicha tegishli qaror qabul qilgan[1]. Komissiyaning 2024-yil 21-avgustdagi qaroriga koʻra mamlakatdagi 5 ta siyosiy partiyaga saylovlarda ishtirok etish uchun ruxsat berildi[2]. 2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtdi[3]. Saylovda 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi: Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi. Saylovlar „Mening tanlovim – Obod Vatanim“ shiori ostida oʻtkazildi.

Jarayoni

tahrir

Markziy saylov komissiyasi nomzodlarning roʻyxatini 2024-yil 22-sentyabr kuni eʼlon qildi. Shu kundan targʻibot jarayonlari boshlanib, 2024-yil 25-oktyabr kuniga qadar davom etdi. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar, 75 nafari proporsional tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylandi. Saylov jarayonlari „E-saylov“ axborot tizimi orqali tashkil etildi. Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi]]ning 65 nafar deputati, 208 nafar tuman (shahar) deputati saylandi. Partiyalar tomonidan deputatlik oʻrinlari uchun 90 mingga yaqin ishonchli vakillar ishtirok etdi.

Saylovchilarning ishtiroki

tahrir

2024-yil 28-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi ishtirokida Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarning dastlabki natijalariga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida saylov jarayonlarida 15 mln 27 ming 529 nafar saylovchi ovoz berganligini maʼlum qildi [4]. Shuningdek, Xorijda istiqomat qilayotgan Oʻzbekistonliklar uchun 40 ta mamlakatda 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilib, ushbu uchastkalarda 140 ming 388 nafar saylovchi ovoz berdi[5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir