Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi

Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir hisoblanadi.

Yevroittifoq–Oʻzbekiston munosabatlari

Yevropa Ittifoqi

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarining boshlanishi 1992-yil 15-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Yevropa hamjamiyatlari komissiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumining imzolanishi bilan asos solingan. 1994-yil 16-noyabrda tomonlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.

Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim 1996-yil iyun oyida Florensiyada davlat rahbarlari darajasida imzolangan.

Amaldagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim 2022-yil 6-iyulda imzolangan[1].

Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekistonga quyidagi sohalarda bir-biriga eng qulay davlat yordamini koʻrsatish majburiyatini oladi:

  • Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona yigʻimlari va yigʻimlari;
  • Import qilinadigan tovarlarga toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita soliq solish, shuningdek, ichki bozorda tovarlarni sotish, sotib olish, tashish, taqsimlash va ulardan foydalanish qoidalari .

Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston savdo aloqalarining umumiy hajmi 1993-yilda 545 mln., 2006-yilda 1.1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2010-yilda bu koʻrsatkich 1 mlrd. 759 mln. AQSH dollariga yetdi. 2020-yil yakunlariga koʻra, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi 2,228 mln. yevroni tashkil etdi. Germaniya (874 million), Italiya (340 million) hamda Fransiya (267 million) Oʻzbekistonning YEIdagi asosiy savdo hamkorlari sanalsa-da, tovar ayirboshlashda Kipr, Chexiya, Litva, Latviya, Sloveniya, Estoniya, Polsha kabi Yevropa Ittifoqi yangi aʼzo davlatlarining ulushi ortib bormoqda[2].

Hamkorlikning boshqa sohalari

tahrir

2011-yilda Oʻzbekiston va YeI oʻrtasida energetika sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi imzolangani, shuningdek, 2011-yil 31-mayda Toshkentda Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonasi tashkil etilgani, ikki tomonlama munosabatlarning yanada rivojlanishiga hissa qoʻshgan.

Oʻzbekiston uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bugungi kunda sud-huquq islohotlari, ijtimoiy xizmatlar, xususan, ona va bola salomatligi, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, kichik va oʻrta biznes, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash sohalarida qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Shuningdek

tahrir
  • Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi
  • Gruziya va Yevropa Ittifoqi
  • Moldova va Yevropa Ittifoqi
  • Rossiya va Yevropa Ittifoqi
  • Ukraina va Yevropa Ittifoqi
  • MDH texnik yordami

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir