Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni — baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishdagi, oʻz ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulugʻlash yoʻlidagi salmoqli hissalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan[1].
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etishda qoʻshgan hissalari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2000-yil 26-may. |
Tavsifi
tahrirKoʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholgʻu asbobi — doʻmbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi[2][3].
Sohiblari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarori, 14.03.2000-yildagi 48-II-son Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi (toʻliq roʻyxat)