Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi
„O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvoni[2] — xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi" faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1998-yil 1-may[1]. |
Tavsifi
tahrirKoʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumgʻon, lagan va xontaxta), pastki oʻng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirogʻidan „XALQ USTASI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi».
Mukofot sohiblari
tahrir- Ablakulov Nu’mon Maxkamovich – Respublika „Hunarmand“ uyushmasi a’zosi, kulol, Samarqand viloyati[3].
- Narzullayev Abdulla Ibodullayevich – Respublika „Hunarmand“ uyushmasi a’zosi, kulol, Buxoro viloyati[4].
- Asadov Mirjamol - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati[5].
Sohiblari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 01.05.1998-yildagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, „O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida
- ↑ 01.05.1998-yildagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, „O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan Asadov Mirjamol - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati