Oʻzbekistonda suv taqchilligi
Oʻzbekistonda suv tanqisligi iqlimning keskin oʻzgaruvchanligi, suvning notekis taqsimlangani, mavjud suv resurslaridan haddan ziyod foydalanish va iqtisodiy rivojlanishning ustuvorligi bilan bogʻliq. Iqlim oʻzgarishinning tezlashuvi fonida mamlakatda suv tanqisligi yaqqol sezila boshladi. Mamlakat 2050-yillarga borib suv tanqisligi yuqori darajada namoyon boʻlishi kutilayotgan mamlakatlardan biridir[1].
Suv tanqisligi ikki xil koʻrinishda yuzaga kelishi mumkin. Birinchisi, tabiiy suv tanqisligi boʻlib bunda mintaqa yoki mamlakatda yo ay ni bir hududda ekologik jihatdan suv kamaya boradi. Ikkinchisi esa iqtisodiy suv tanqisligi: bunda suv aholi isteʼmolida, sanoatda yoki qishloq xoʻjaligidagi notoʻgʻri va maqsadsiz sarflanishi oqibatida kamaya boradi.
Suv manbalari
tahrirOʻzbekistonda suv resurslari manbai ikki asosiy daryo – Amudaryo va Sirdaryo. Ushbu daryolar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari – Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistondan boshlanadi va ular bir necha davlatlar oʻrtasida foydalaniladi. Oʻzbekistonning ichimlik suvi, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan sugʻorish suvi ham asosan shu daryolardan olinadi. Mamlakatda tabiiy yogʻingarchilik kam boʻlgani sababli, sugʻorish deyarli butun qishloq xoʻjaligi uchun hal qiluvchi manba hisoblanadi.
Amudaryo va Sirdaryo har yili Oʻzbekiston hududlariga taxminan 46–48 milliard kub metr suv yetkazib beradi. Bu daryolar, asosan, qor va muzliklarning erishi orqali toʻyinadi, ammo soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi sababli qor va muzliklar erishi sustlashdi va daryo oqimi kamaydi. Shuningdek, suv zahiralarining katta qismi qishloq xoʻjaligida sarf qilinadi. Ayni paytda Oʻzbekistonda yerlarning katta qismi sugʻorish orqali ishlov beriladi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, qishloq xoʻjaligi suv zahiralarining 90 foizdan ortigʻini isteʼmol qiladi.
Bundan tashqari, yer osti suvlari ham ichimlik va sanoat ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Ammo yer osti suvlari cheklangan hajmga ega boʻlib, ularning sifati va miqdori mamlakat boʻylab bir xilda emas. Suv sifati, ayniqsa, yillar davomida ortib borayotgan shoʻrlanish tufayli yomonlashmoqda.
Sabablari
tahrirQishloq xoʻjaligidagi sarfi va isteʼmoli
tahrirOʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektoriga katta eʼtibor qaratadi, bu soha mamlakat iqtisodiyotining muhim qismi boʻlib, aholi bandligining katta qismini tashkil qiladi. Oʻzbekiston tuproqlarining qariyb 4,5 million gektari sugʻoriladigan yerlar boʻlib, asosiy ekinlari paxta, bugʻdoy va meva-sabzavotlardan iborat. Ammo sugʻorish texnologiyalari va tizimlarining eskirganligi, suv isrofgarchiligi va samarasizligi kabi muammolar suv resurslarining ulkan qismini isrof boʻlishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda paxtachilik qishloq xoʻjaligida eng koʻp suv talab qiluvchi tarmoqdir. Bir gektar paxtani sugʻorish uchun 8 ming kubometrdan ortiq suv talab qilinadi . Suv isrofi ayniqsa ochiq kanallar orqali yetkazib berish jarayonida yuzaga keladi, bu esa qishloq xoʻjaligi yerlariga yetib borguncha suvning 30–50 foizining yoʻqotilishiga sabab boʻlmoqda.
Iqlim oʻzgarishi
tahrirSoʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi ham Oʻzbekiston suv resurslariga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Muzliklarning qisqarishi, qurgʻoqchilik davrlarining ortishi, yogʻingarchilik miqdorining kamayishi va haroratning koʻtarilishi Amudaryo va Sirdaryo daryolarida suv oqimining pasayishiga olib kelmoqda . Iqlim oʻzgarishlari tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida, shu jumladan Oʻzbekistonda, suv resurslari kamayib bormoqda, bu esa ayniqsa qishloq xoʻjaligi uchun hal qiluvchi muammo hisoblanadi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda har yili 5-6 foizga suv tanqisligi kuchaymoqda . Bu esa suv resurslari taqchilligini nafaqat qishloq xoʻjaligida, balki ichimlik suvi taʼminotida ham keskinlashtiradi.
Aholi oʻsishi va shaharsozlik
tahrirAholining tez sur’atlarda oʻsishi va shaharlarning kengayishi suv resurslariga bosimni oshirayotgan asosiy omillardan biridir. Oʻzbekiston aholisi 2023 yil holatiga koʻra, 36 milliondan oshib ketdi va kelgusi yillarda bu koʻrsatkich ortishda davom etadi . Aholining oʻsishi bilan birga, ichimlik suvi va sanitariya ehtiyojlari ham ortmoqda. Bu shaharlar atrofidagi infratuzilmaning rivojlanishini talab qiladi, ammo koʻp hollarda ichimlik suvi taqchilligi sababli bu sohada muammolar kuchaymoqda.
Shaharlar va qishloqlarda suv taʼminoti tizimlarining eskirganligi va ularning qayta taʼmirlanmaganligi ham muammo tugʻdirmoqda. Oʻzbekiston qishloq aholisining qariyb 25 foizi ichimlik suviga yetarli darajada ega emas yoki sifatsiz suvdan foydalanadi.
Orol fojiasi
tahrirOrol dengizi fojiasi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning eng katta ekologik muammolaridan biri boʻlib, bu muammo mintaqada yashovchi millionlab odamlarning hayotiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Asrlar davomida Orol dengizi Markaziy Osiyo uchun yirik tabiiy suv manbai va biologik xilma-xillik maskani boʻlib kelgan. Biroq XX asrning ikkinchi yarmida olib borilgan notoʻgʻri siyosat va yer-suv resurslaridan notoʻgʻri foydalanish natijasida Orol dengizi deyarli butkul yoʻqolib ketish xavfi ostida qoldi.
a) Orol dengizining qisqarish sabablari Orol dengizining qisqarishi Sovet Ittifoqi davrida qishloq xoʻjaligini kengaytirish maqsadida Sirdaryo va Amudaryo suvlarini koʻplab paxta plantatsiyalarini sugʻorish uchun keng miqyosda foydalanish bilan bogʻliqdir. XX asrning 1960-yillaridan boshlab, Sovet hukumati Oʻzbekiston va boshqa Markaziy Osiyo respublikalarini paxta ishlab chiqarish markaziga aylantirish maqsadida paxta maydonlarini kengaytirishga katta eʼtibor qaratdi. Natijada, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining katta qismi paxta plantatsiyalarini sugʻorishga sarflandi va bu Orol dengiziga kelayotgan suv miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi.
Bundan tashqari, daryolar suvi notoʻgʻri boshqarildi va suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanilmadi. Oʻsha paytda foydalanilgan eski sugʻorish tizimlari va ulkan kanallar daryo suvlari katta qismining bugʻlanishiga va yerga singib ketishiga olib keldi. Bu holat dengizning tabiiy suv balansi buzilishiga sabab boʻldi.
b) Orol dengizining qurish jarayoni 1960-yillar boshlarida Orol dengizi yer yuzidagi eng katta koʻllardan biri boʻlib, uning maydoni qariyb 68 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Lekin 1970-yillardan boshlab dengizning hajmi sezilarli darajada kamayib, 1980-yillarga kelib dengizning quruq qismi paydo boʻla boshladi. 1990-yillarga kelib, dengizning yarmidan koʻpi quridi. Amudaryo va Sirdaryo suvlarining dengizga yetib kelmasligi natijasida Orol dengizi ikkiga boʻlinib ketdi: Shimoliy Orol va Janubiy Orol.
Bu davrda Orolning suvi shoʻrlanishi ham keskin oshdi. Dastlab dengizning shoʻrlanish darajasi 10-12 promilni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda u 100 promilldan oshib ketgan. Suvning shoʻrlanishi natijasida dengizda mavjud boʻlgan biologik xilma-xillik yoʻqolib bormoqda, baliq turlari halokatga uchradi, dengiz atrofidagi ekotizim esa buzildi. Dengiz atrofida minglab odamlar baliqchilik va qishloq xoʻjaligidan daromad topishardi, lekin suvning keskin kamayishi ularning hayot tarzini oʻzgartirib yubordi.
c) Orol fojiasining ekologik va sogʻliq uchun oqibatlari Orol dengizining qurishi Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar ekologiyasiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Dengiz tubidagi choʻllanish jarayoni kuchayib, dengizning qurigan qismida hosil boʻlgan „Orolqum“ choʻli paydo boʻldi. Bu hududda hosil boʻlgan qum va tuz zarralari kuchli shamollar orqali minglab kilometr masofaga tarqalmoqda. Ushbu zarralar yer va havo sifatiga jiddiy zarar yetkazib, tuproqni shoʻrlanishiga olib kelmoqda, bu esa qishloq xoʻjaligini yanada qiyinlashtirmoqda.
Shuningdek, Orol dengizi qurishi mintaqadagi iqlim oʻzgarishiga ham sabab boʻldi. Ilgari dengiz katta miqdordagi suv bugʻini atmosferaga chiqarib, mintaqaning iqlimini yumshatardi. Lekin dengiz quriganidan keyin bu tabiiy mexanizm buzildi va mintaqada qishlar yanada sovuq, yozlar esa yanada issiq boʻlib qoldi. Bu oʻzgarishlar qishloq xoʻjaligida mahsuldorlikning pasayishiga sabab boʻldi.
Orol dengizi qurishining yana bir jiddiy oqibati aholi salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Qum va tuz zarralarining havoga tarqalishi natijasida mintaqadagi aholi orasida nafas olish yoʻllari kasalliklari, bronxit va astma kabi kasalliklar koʻpayib bormoqda. Ayniqsa, Orol dengizi atrofi hududlarida bolalar va keksalar orasida sogʻliq muammolari keng tarqalgan.
d) Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar Orol dengizi fojiasi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni ham jiddiy oʻzgartirdi. Dengiz qurishi natijasida baliqchilik sanoati butunlay yoʻq boʻlib ketdi. Dastlab Orol dengizi baliqchilik va suvdan foydalanish sanoati uchun muhim manba boʻlgan, lekin suvning qurishi bilan baliq turlari yoʻqolib, baliqchilar va ularning oilalari daromadsiz qoldi. Shu sababli, minglab odamlar dengiz atrofidagi hududlardan boshqa joylarga koʻchib ketishga majbur boʻldi.
Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi ham jiddiy zarar koʻrdi. Suv yetishmovchiligi va shoʻrlangan tuproqlar hosildorlikni pasaytirdi, qishloq xoʻjaligida band boʻlgan aholining hayot sifati keskin yomonlashdi. Orol fojiasi natijasida aholi migratsiyasi kuchaydi, qishloqlar boʻshab qoldi va bu hududlarning iqtisodiy rivojlanishi toʻxtab qoldi.
e) Orolni saqlash boʻyicha saʼy-harakatlar Soʻnggi yillarda Orol dengizini saqlash va uning atrofidagi hududlarni ekologik tiklash boʻyicha turli xalqaro va milliy tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston oʻrtasida suv resurslarini boshqarish boʻyicha hamkorlik kuchaytirildi.
Qozogʻiston hukumati Shimoliy Orolni saqlash boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirdi. 2005-yilda Shimoliy Orol dengizi va Janubiy Orolni ajratib turuvchi Koʻkoral toʻgʻoni qurilishi dengizning kichik qismini tiklashga yordam berdi. Shu bilan birga, suv resurslarini boshqarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yerlarni melioratsiya qilish kabi choralar ham amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston hukumati ham Orolboʻyi hududini ekologik tiklash va aholining turmush darajasini yaxshilash boʻyicha loyihalar qabul qilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan BMT qoshida Orolboʻyi mintaqasining ekologik inqirozi boʻyicha maxsus fond tashkil etildi. Bu fond yordamida mintaqada ekologik holatni tiklash, aholini sogʻlomlashtirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
f) Xalqaro hamkorlik va kelajak istiqbollari Orol dengizi fojiasini hal qilishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar Orolboʻyi mintaqasini tiklash boʻyicha qator loyihalarni moliyalashtirmoqda. Bu loyihalar Orol dengizi atrofi hududlarida infratuzilmani rivojlantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va aholining turmush darajasini koʻtarish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Kelajakda Orol dengizini toʻliq tiklash ehtimoli kichik boʻlsa-da, mintaqada ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Suv resurslarini tejash, ekologik tiklanish va ijtimoiy barqarorlikka erishish Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun ustuvor maqsadlar boʻlib qolmoqda.
Taʼsiri
tahrirAtrof-muhitga
tahrirSuv tanqisligi Oʻzbekistonning ekologik holatiga ham jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Orol dengizining qurishi mamlakat tarixidagi eng katta ekologik falokatlardan biri hisoblanadi. Amudaryo va Sirdaryo suvlari paxta plantatsiyalarini sugʻorish uchun keng koʻlamda foydalanilganligi sababli Orol dengizining suv miqdori kamayib ketdi. Natijada dengizning katta qismi qurib, bugungi kunga kelib Orol dengizi atigi 10 foiz hajmda qoldi . Ushbu ekologik falokat nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqaning ekologik va iqtisodiy hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Orol dengizining qurishi hudud atrofidagi havoning shoʻrlanishini oshirdi va choʻl hududlari kengayib, tuproq eroziyasi koʻpaydi. Bu holat qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlarning qisqarishiga olib keldi. Aholi orasida esa nafas olish yoʻllari kasalliklari va allergik reaksiyalar koʻpaymoqda. Dengiz atrofi hududlarida yashovchi aholining hayot sifati yomonlashib, qishloqlar aholisi bu hududlarni tark etishga majbur boʻlmoqda.
Ekologik muammolar yer osti suvlari sifatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shoʻrlangan tuproqlar va suv zaxiralarining kamayishi tufayli yer osti suvlari sifati yomonlashmoqda, bu esa nafaqat qishloq xoʻjaligi uchun, balki aholi uchun ham katta xavf tugʻdirmoqda.
Iqtisodiy sohaga
tahrirSuv resurslari bilan bogʻliq muammolar aholining turmush darajasiga ham taʼsir qilmoqda. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qiyinchiliklar natijasida qishloq joylarda bandlik darajasi pasaymoqda va ish oʻrinlarining qisqarishi natijasida odamlar daromadlaridan mahrum boʻlmoqda. Bu esa iqtisodiy tengsizlikni yanada chuqurlashtirmoqda. Koʻplab odamlar qishloq joylardan shaharlarga koʻchib ketishga majbur boʻlmoqda, bu esa shaharlardagi bandlik va infratuzilmaga qoʻshimcha bosim keltirmoqda.
Suv yetishmovchiligi shahar infratuzilmasiga ham zarar yetkazmoqda. Suv yetkazib berish tizimlarining eskirganligi va sifatsiz suvlardan foydalanish odamlarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir qilmoqda. Suv tanqisligi tufayli aholi ichimlik suvi bilan muntazam taʼminlanmayotgan hududlar soni oshmoqda va bu mahalliy infratuzilmaning qayta tiklanishini talab qilmoqda.
Ijtimoiy soha va sogʻliqni saqlashdagi holatga
tahrirSuv tanqisligi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti, asosan, paxta va gʻalla yetishtirishga asoslangan boʻlib, bu ekinlar koʻp miqdorda suv talab qiladi. Suv tanqisligi tufayli hosildorlik pasaymoqda va bu oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Yil sayin hosildorlikning pasayishi oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib kelmoqda va ayniqsa qishloq joylarida aholining daromadi kamayib bormoqda.
Suv taqchilligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida turli innovatsion texnologiyalardan foydalanishni talab qilmoqda. Suvni tejaydigan texnologiyalar va mahsuldorlikni oshirish uchun zamonaviy sugʻorish tizimlari joriy etilishi kerak boʻlsa-da, bu tizimlarni oʻrnatish va boshqarish xarajatlari yuqori. Aksariyat fermerlar suvni tejash texnologiyalarini keng koʻlamda joriy etishga qodir emaslar.
Suv yetishmasligi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi inqirozi oziq-ovqat taʼminoti va milliy xavfsizlikka ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Oʻzbekiston oziq-ovqat ehtiyojlarini toʻliq qondirish uchun mahalliy ishlab chiqarishga tayangan boʻlib, suv yetishmasligi qishloq xoʻjaligini pasaytirsa, mamlakat chetdan oziq-ovqat importiga koʻproq bogʻlanishi mumkin. Bu holat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini tahdid ostiga qoʻyadi.
Suv tanqisligini boshqarishga yondashuvlar
tahrirOʻzbekiston hukumati suv tanqisligi masalasini hal qilish uchun bir qator strategik choralar koʻrmoqda. Suv resurslarini boshqarish, ularni tejash va samaradorligini oshirish borasida turli qonunchilik aktlari va dasturlar qabul qilinmoqda. 2020 yilda qabul qilingan „Oʻzbekiston Respublikasining 2021–2023 yillarda suv resurslarini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya“ mamlakatda suv resurslarini boshqarishning yangi yoʻnalishlarini belgilab berdi. Ushbu strategiya qishloq xoʻjaligida suvni tejash texnologiyalarini keng joriy etishni, suv resurslarini saqlash va ular ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston, shuningdek, suv resurslarini boshqarishda xalqaro tajribani oʻrganish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida turli davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Suvni tejaydigan texnologiyalar va sugʻorish tizimlarining modernizatsiyasi iqtisodiy samaradorlikni oshirish va suvdan foydalanishni kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda .
b) Innovatsiyalar va texnologiyalar Suv tanqisligini hal qilish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim omillardan biri hisoblanadi. Yangi sugʻorish tizimlari, xususan, tomchilatib sugʻorish va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalari qishloq xoʻjaligida suvni sezilarli darajada tejashga yordam beradi. Ushbu texnologiyalar Oʻzbekistonning turli viloyatlarida sinovdan oʻtkazilmoqda va samaradorligi isbotlanmoqda. Tomchilatib sugʻorish tizimi anʼanaviy sugʻorish usullari bilan solishtirganda suv sarfini 50 foizgacha kamaytirishga imkon beradi .
Innovatsiyalar shuningdek, suvni toʻplash va saqlash jarayonlarida ham qoʻllanilmoqda. Oʻzbekiston bir necha sunʼiy suv havzalari va suv omborlari qurmoqda. Bu inshootlar daryo suvlari kamaygan paytlarda suv zaxirasini saqlash va keyinchalik undan foydalanish imkonini beradi.
Xalqaro va nodavlat tashkilotlarning saʼy-harakatlari
tahrirYana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Water conservation and efficiency in Uzbekistan: an inspiring example for the African continent“. suez.com. Qaraldi: 4-oktyabr 2024-yil.