Oʻzbekistonning ovlanadigan ilonlari

Ovlanadigan ilonlar. Respublikada 60-yillardayoq har yili 3000 tagacha zaharli ilon ushlanar edi. Ular Toshkent va Termizdagi ilonxonalarda farmasevtika sanoati hamda ilmiy tadqiqot tashkilotlarida foydalanish uchun zahar yetkazib berish maqsadida boqiladi. Ovlanadigan ilonlarning 600-700 tasini-qoʻlborilon, qum charx iloni, qolgani koʻzoynakli ilon, choʻl qora iloni va qalqontumshuq ilon tashkil etadi. Oxirgi yillarda respublikada ko'lborilonga boʻlgan talab juda kuchayib ketganligi sababli ular koʻplab tutilishi natijasida soni keskin kamayib ketdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. O'n ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil