Oʻzbekistonning yaylovlardagi oʻsimliklari
Yaylovlar. Baland boʻyli daraxtlarning oʻsmasligi, qoyalar va baland tekisliklar (plato)ning koʻpligi hamda torom, betaga, shuvoq, sutlama, isfarak, yorongullarga boyligi bilan oʻziga xos manzara hosil qiladi. Shuningdek, yostiq hosil qilib oʻsimcha kirpioʻt va zirakoʻtlar ham tarqalgan.
Tabiatda oʻsimlikar yakka-yakka holda yoki toʻp-toʻp boʻlib (fan tili bilan aytganda assotsiyasi, formatsiya hosil qilib) oʻsadi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining xodimlari yaratgan toʻr jildli <<Oʻzbekistonning oʻsimliklar qoplami>> (rus tilida) monografiyasida respublikadagi 1196 assotsiyasini qamragan 170 formatsiya keltirilgan. Oʻzbekiston florasiga oid maʼlumotlarni Botanika institute tomonidan chop etilgan <<Oʻzbekiston florasi>> (6 jildli) va <<Oʻrta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi>>dan (10 jildli; Oʻzbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda)olish mumkin.
Respublika florasi isteʼmol qilinadigan, dorivor, efir moyli, yemxashak, boʻyoqboq va boshqa foydali oʻsimliklarga nihoyatda boy. Lekin undan oqilona foydalanmaslik natijasida tabiiy oʻsimlik qoplamlarining maydonlari, undagi foydali turlarning zaxiralari tobora kamayib bormoqda. Shuning uchun ham Oʻzbekiston <<Qizil kitobi>>ga kiritiladigan oʻsimlik turlari soni yil sayin ortib bormoqda, jumladan,Oʻzbekiston Respublikasi <<Qizil kitob>>ining 1998-yili chop etilgan 2-nashrigi 301 tur kamyob oʻsimliklar kiritilgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Oʻn ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |