Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish
Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish — shaxsga qarshi jinoyat. Bunday jinoyat shaxsga shafqatsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish yoʻli bilan sodir etiladi. Shafqatsiz muomala jabrlanuvchi bilan qoʻpol va ayovsiz munosabatda boʻlishni anglatib, kaltaklash, issiqlikdan, oziq-ovqatdan, suvdan va hokazolardan mahrum etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda jabrlanuvchiga jismoniy yoxud ruhiy azob yetkaziladi. Shaxsning shaʼni va gʻururini muntazam tahqirlash hollari tuhmat qilish, haqoratlash, taʼqib etish va hokazoda namoyon boʻladi. Bu xildagi xatti-harakatlar bilan shaxsni oʻzini oʻzi oʻldirish yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish qonunda nazarda tutilgan jazoni keltirib chiqaradi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 103-modda).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |