Oʻrtachashma
(O‘rtachashmadan yoʻnaltirildi)
Oʻrtachashma — Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyatining gʻarbidagi daryo. Uzunligi 25 km, havzasining maydoni 229,3 km2. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Turo dovonidan 1,5 km shim.gʻarbda joylashgan Dukenek muzligidan (3700 m balandlikda) boshlanadi. Chap irmogʻi boʻlgan Oqgubek jilgʻasi quyilgungacha Dukenek (qishloq nomi) deb ataladi. Muz va qor suvlaridan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3,90 m3/sek. Toʻlinsuv davri aprel — sentabrda. Eng koʻp sutkalik suv sarfi iyul — avgust.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |