O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari
O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari — O‘zbekiston Respublikasining O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalari yordamida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Misr, Bahrayn, O‘mon, Qatar, Iordaniya, Isroil, Eron, Hindiston, Pokiston va Janubiy Afrika Respublikasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha faol saʼy-harakatlar qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlatlar bilan aloqalari avvalo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublikamizning arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturi alohida ahamiyatga molik. Mazkur davlatlar bilan siyosiy muloqotlar oliy va yuqori darajada amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Birlashgan Arab Amirliklariga (17-18 mart 2008-yil) amalga oshirilgan rasmiy tashriflar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatishga asos soldi.
BAA |
Oʻzbekiston |
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi o‘tgan davr mobaynida Birlashgan Arab Amirliklari (oktyabr 2007-yil) rahbarlarining mamlakatimizga oliy darajadagi rasmiy va davlat tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekistonga Birlashgan Arab Amirliklarining (iyun 2009y.) tashqi ishlar, moliya, energetika, tashqi savdo va iqtisod vazirlarining rasmiy tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 25-oktyabr kuni o‘rnatilgan.