O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Transport vazirligiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi „Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-5647-son farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Map
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining xaritada koʻrinishi

Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

Vazirlikning asosiy vazifalari tahrir

  • transportning barcha turlarini O‘zbekiston Respublikasi yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashtirish va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalanish asosida birgalikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish;
  • transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;
  • xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
  • butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa ob’ektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash;
  • transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobidan jahon transport xizmatlari bozorida O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta’minlash;
  • transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish.

Vazirlik funksiyalari tahrir

1. Transportning barcha turlarini O‘zbekiston Respublikasi yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashtirish va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalanish asosida birgalikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish sohasida:

  • transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish, transport sohasining samaradorligi va jozibadorligini oshirish, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • sohalar va hududlarning kompleks, istiqbolli va ilmiy asoslangan rejasini hisobga olgan holda, transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirishning transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi vazifalarni izchil va tizimli hal etishni ta’minlash bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘z ichiga olgan uzoq muddatli kelajakka mo‘ljallangan konsepsiyalarini ishlab chiqadi;
  • transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganishni tashkil etadi va o‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni hal etish, Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlari o‘rtasida yo‘lovchilar va yuk oqimini optimallashtirish yo‘llarini izlash, milliy transport kommunikatsiyalari orqali xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni ta’minlaydi;
  • xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish, mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlari uchun xarajatlarini minimallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular faoliyatini iqtisodiy tahlil qiladi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini ta’minlaydi;
  • eksport hajmlarini oshirish va importni optimallashtirish bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish doirasida, transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarining eksport-import tartib-taomillari monitoringini amalga oshiradi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda shaxsiy tashabbusiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
  • faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
  • idoraviy mansub tashkilotlarning texnik tartibga solish borasida ular faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi xalqaro transport yo‘laklaridan samarali foydalanish va yangilarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
  • vazirlik va idoralar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning transport turlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari, rivojlantirish dasturlari, tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi faoliyatga oid boshqa hujjatlar loyihalarini kelishadi;
  • o‘z vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasining transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish samaradorligi xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi.

2. Transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish sohasida:

  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida transport xizmatlari bozorida sog‘lom raqobatbardosh muhitni shakllantirish va milliy kompaniyalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yagona tarif siyosatini amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasida transport sohasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda, aholi va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlariga tariflarni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari, konseptual yondashuvlarini belgilaydi;
  • tariflarni shakllantirish va qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani, jumladan, xalqaro qonunchilik va standartlar talablarini hisobga olgan holda takomillashtiradi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida tarif siyosati, stavkalar va yig‘imlar masalalarini tartibga solish, muvofiqlashtirish va kelishishda ishtirok etadi;
  • tashuvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda xalqaro tariflar bo‘yicha yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazish doirasida takliflarni ishlab chiqadi;
  • aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda havo makonidan foydalanuvchilar ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi;
  • avtomobil tashuvlari yo‘nalishlarini tender bo‘yicha amalga oshirish mexanizmlarini joriy etadi, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi namunaviy kontraktlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

3. Xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish sohasida:

  • tranzit salohiyatini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘tuvchi tranzit yo‘laklarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflarni tayyorlash yo‘li bilan yagona tranzit siyosatini amalga oshiradi;
  • logistika tizimi samaradorligini oshirish, logistika samaradorligining xalqaro reytinglarida O‘zbekiston Rspublikasining o‘rnini yaxshilash hamda tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlariga xarajatlarini minimallatirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • mavjud transport yo‘laklarini diversifikatsiyalash va istiqbollilarini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
  • multimodal tashuvlarni rivojlantirish borasida strategiya ishlab chiqadi.

4. Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish sohasida:

  • davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • tarmoqni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilagan holda, transport va yo‘l xo‘jaligining yaqin va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan Investitsion dasturlarni shakllantiradi va ular ijrosi holatini monitoring qiladi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi raqobatbardoshligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • Transport va yo‘l xo‘jaligi investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va masalalarni ishlab chiqadi.

5. Butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida yagona axborot-kommunikatsiya siyosatini amalga oshiradi, transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarining raqamli iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini ishlab chiqadi;
  • O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish malalalari bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida yagona axborot platformalarini yaratishda ishtirok etadi.

6. Avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa ob’ektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash sohasida:

  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida zamon talablariga javob beradigan infratuzilmani yaratishga qaratilgan yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlari va qurilmalarini ishlab chiqarish sohasida texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiladi;
  • transport hamda yo‘l xo‘jaligini texnik jihatdan rivojlantirish, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik ishlarni amalga oshiradi.

7. Transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

  • yo‘lovchilar, bagaj va yuk tashish qoidalariga rioya etish, yo‘lovchilar va yuk tashish xavfsizligi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatining zarur darajasini ta’minlash, yo‘lovchilar yo‘nalishlarida transport vositalarining bir maromda harakatlanishi, belgilangan harakat jadvali va oraliqlariga rioya etilishini tizimli nazorat qilishni tashkil etadi;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda:

- avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar va yuk tashish;

- temir yo‘l transportida ichki va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar va yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyalarni (litsenziya varaqalarini) beradi;

- ruxsatnoma hujjatlari shartlari va litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar va ruxsatnoma hujjatlarining amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish choralarini ko‘radi;

- kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kemalarni qurish, ulardan foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiradi;

- kemalarga kema guvohnomalari va chiptalar, toifa guvohnomalari, suzishga yaroqlilik guvohnomalari va kemachilikni tartibga solish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;

- avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlariga, shuningdek, temir yo‘l transporti tashkilotlari, markazlari va korxonalarida yangi lavozimga tayinlangan rahbarlar va mas’ul boshqaruv xodimlarigi qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini attestatsiyadan o‘tkazadi;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya hodisalari va fuqaro aviatsiyasi hamda eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va to‘qnashuvlarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarni texnik surishtiruv-tergov ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

- o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat hududidagi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalari bilan yuz bergan aviatsiya halokatlari hamda to‘qnashuvlarni, shuningdek, yo‘lovchilar poyezdlari tarkiblari bilan yuz bergan avariya va halokatlarni surishtiruv-tergov qilish ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

- tergov, shu jumladan transport korxonalari va tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv ishlarining belgilangan muddatlarda va xolisona olib borilishini, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalar, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarning to‘g‘ri tasniflanishiga rioya etilishi va ularni hisobga olgan holda nazorat qiladi;

- O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasi hamda eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarning oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

- birinchi navbatda, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda FVDX deb ataladi), harbiy bo‘linmalarning qutqarish tuzilmalari, kuchlari va vositalari va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun yuklarni tashishni ta’minlaydi;

- FVDX, avtotransport xizmati va avtoyo‘l xizmatlarining funksional kichik tizimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

- O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtomobil va temir yo‘l transportida tranzit harakatlanayotgan xavfli va maxsus yuklarni tashishning eng qisqa masofasi tartibini belgilashda ishtirok etadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tish punktlarini rekonstruksiya qilish va ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflarini kelishishni amalga oshiradi;

8. Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobidan transport xizmatlari jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta’minlash sohasida:

  • Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifoda etadi;
  • xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni o‘rnatadi va rivojlantiradi;
  • Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha idoralararo xususiyatdagi xalqaro shartnomalarni tuzadi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalarni tashkil etadi va amalga oshiradi hamda xorijdagi shunday tadbirlarda ishtirok etadi.

9. Transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish sohasida:

  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish siyosatini belgilaydi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan kadrlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • ixtisoslashtirilgan trenajerlar, turli ilovalarni keng qo‘llab, o‘quv jarayoniga masofaviy ta’limni faol jalb qilgan holda, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning, shu jumladan ommaviy kasblar, sayyor mashg‘ulotlarning bazaviy dasturlarini tasdiqlaydi;
  • ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan samarali hamkorligini, bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida transport ta’lim muassasalari va ish beruvchilarning sa’y-harakatlarini, jumladan, xususiy investitsiyalarni o‘quv jarayoniga jalb etgan holda birlashtirishni tashkil etadi;
  • transport logistikasi tizimi yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va rahbar kadrlarni tayyorlash, yo‘nalish tarmog‘i va yo‘lovchi oqimlarini modellashtirishning iqtisodiy-matematik usullarini qo‘llashni tashkil etadi;
  • fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etadi hamda ularning natijalarini ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalashtirish yo‘li bilan amalga oshirishni tashkil etadi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, ularning pedagog va ilmiy kadrlarini attetatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi fanlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim va ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish hamda nostrifikatsiya qilishda (ekvivalentligini belgilashda) ishtirok etadi[1].

Rahbariyat tahrir

Transport vaziri — Ilhom Mahkamov Rustamovich.
I.Mahkamov 2021-yil 22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodi maʼqullangan. U Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi 43-sonli „Ayrim rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini koʻrib chiqish toʻgʻrisida“gi hukumat qaroriga koʻra transport vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi[2].

Vazir o‘rinborasi — Abdusamat Mo‘minov Abduvoxidovich.

Vazir o‘rinborasi — Jasurbek Choriyev Ergashevich[3].

Markaziy apparat tahrir

Transport tizimini kompleks rivojlantirish departamenti boshlig‘i — G‘olib Irgashev G‘ayratovich.

Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i — Avazbek Axmedov Xurmatbekovich.

Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i — Doniyor Djumayev Ibragimovich.

Transport koridorlari, logistika va trqanzitni rivijlantirish boshqarmasi boshlig‘i — Bekzad Xolmatov Nurmatovich.

Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i — Ne'matov Muhammadamin Abdurajab o'g'li.

Investitsiyalar va davlat xususiy sherikchilik boshqarmasi boshlig‘i — Fazliddin Bakiyev Xayriyevich.

Tarif-narx siyosati boshqarmasi boshlig‘i — Jahongir Yusubov Radjabbayevich.

Metodologiya va normativ-huquqiy hujjatlar boshqarmasi boshlig‘i — Nurbek Nuritdinov Ulug‘bekovich.

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i — Rashidjon Hakimov Ilhomovich[4].

Faoliyat tahrir

Daryo transporti tahrir

Daryo transporti sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar roʻyhati:
1. „Kemalarni qurishda, ishlatishda, qayta taʼmirlashda majburiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom“. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan.
2. Oʻzbekiston Respublikasining ichki suv transporti ustavi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan.
3. Kemalarni roʻyhatga olish qoidalari (roʻyhat raqami 2595, 2014-yil 17-iyun).
4. Daryo transportida yuk tashish qoidalari (roʻyhat raqami 2468, 2013-yil 13-iyun).
5. „Oʻzbekiston Respublikasi ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari“. (roʻyhat raqami 796, 1999-yil 9-iyul).
6. Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari. (roʻyhat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr).
7. Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish qoidalari. (roʻyxat raqami 966, 2000-yil 8-sentabr).
8. Daryo portlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari (Mehnat vazirining 2002-yil 30-avgustdagi 133-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan).
9. „Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun bepul maxsus kiyim, poyafzal va boshqa yakka himoya vositalarini berishni namunaviy normalari“ (roʻyhat raqami 1511, 2005-yil 8-sentyabr).
10. „Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari“ (roʻyhat raqami 2067, 2010-yil 14-yanvar).

Daryo transporti toʻgʻrisida maʼlumotlar Daryo transporti boʻlimining Kemachilik inspeksiyasi roʻyhatida Oʻzbekiston Respublikasi ichki suv yoʻllarida va suv xavzalarida foydalanishda boʻlgan jami 224 ta suv transporti vositasi (kemalar) hisobga olingan, shundan: - transport kemalari – 132 ta; - texnik kemalar – 74 ta; - yordamchi kemalar – 14 ta; - suzuvchan ponton koʻpriklar – 4 ta.

Daryo transporti boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamentining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va Transport vazirligi faoliyatini daryo transporti sohasi boʻyicha masalalari bilan taʼminlaydi.

Daryo transporti boʻlimi tarkibiga quyidagi boʻlinmalar kiradi: a) Oʻzbekiston kemachiligi registri (keyingi oʻrinlarda – Registr). b) Kemachilik inspeksiyasi.

Kemachilik registri bosh dvigatelining quvvati 55 kVt va undan ortiq boʻlgan oʻziyurar kemalar, yuk koʻtarish quvvati 80 registr tonna va undan ortiq boʻlgan oʻziyurmas kemalar va suzuvchi vositalarini klassifikatsiya qilish va texnik nazorat olib borishga vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Kemachilik inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining kema yuradigan ichki suv yoʻllarida ekologiya normalari va inson hayotini muhofaza qilinishiga rioya etgan holda kemalarning va suzuvchi vositalarining xavfsiz suzishi va ulardan belgilangan vazifalarga muvofiq toʻgʻri foydalanishi, yuklarning xavfsiz va ishonchli tashilishini nazorat qilishga vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Daryo transporti funksiyalari:

  • Daryo transporti sohasida boshqarish tizimini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi;
  • Daryo transporti sohasida davlat investitsiya siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
  • Daryo transporti sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha yaqin va istiqbolli davlat dasturlari, idoraviy manzilli dasturlarni shakllantirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
  • Ichki suv yoʻllaridan eng maqbul foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
  • Daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini ishlab chiqadi va amalga tatbiq etadi;
  • Daryo transporti sohasida transport xavfsizligi boʻyicha masalalar boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • Suvda inson hayotini muhofaza qilinishini, yuklarni ishonchli tashilishini, suzuvchi vositalarining xavfsiz suzishi va ulardan foydalanish shartlarini taʼminlaydigan texnik talablar oʻrnatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, qoʻllanilishini tahlil etadi va ularga oʻzgartirishlar kiritadi;
  • Daryo transporti sohasi boʻyicha texnik reglamentlar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • Daryo transporti sohasi boʻyicha boʻlimga berilgan vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasining daryo transporti masalalari boʻyicha qarori talab etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish uchun Transport vazirligiga takliflar kiritadi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hukumati Kengash majlislariga daryo transporti masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi;
  • Daryo transporti sohasida xalqaro shartnomalar va hukumatlararo bitimlar tuzish, ularga oʻzgartirishlar kiritish, toʻldirish, bekor deb eʼlon qilish, ratifikatsiya qilish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalar va hukumatlararo bitimlar qoidalarining oʻz vakolati doirasida bajarish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqadi;
  • Daryo transporti sohasi boʻyicha boʻyicha xalqaro tashkilotlarning ishiga qatnashish va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro muzokaralar olib borish uchun materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini, arizalarini va shikoyatlarini daryo transporti boʻlimi vakolati doirasida koʻrib chiqishni amalga oshiradi;
  • Transport vazirligi saytiga joylashtirish uchun daryo transporti sohadi boʻyicha materiallarni tayyorlaydi;
  • Daryo transporti masalalari boʻyicha oʻz vakolati doirasida majlislar, seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil etadi va oʻtkazadi;
  • Transport vazirligining tarkibiy tuzilmalariga daryo transporti masalalari boʻyicha vakolati doirasida tushuntirishlar beradi hamda ulardan zarur maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab oladi;
  • Davlat siri hisoblangan maxfiy axborotlarni vakolati doirasida sir saqlanishini taʼminlaydi;
  • Oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni, maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni Transport vazirligining quyi idoralaridan, vazirliklardan, idoralar va boshqa tashkilotlardan oʻrnatilgan tartibda soʻrab oladi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining ichki suvlarida, tabiiy yoki sunʼiy barpo etilgan suv xavzalarida foydalanilayotgan kemalar va suzuvchi vositalarni roʻyhatga oladi va klassifikatsiya qiladi, texnik koʻrikdan oʻtkazadi;
  • Kemalarga va suzuvchi vositalarga mulk huquqini tasdiqlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostida suzish huquqini beruvchi Kema guvohnomalarini, ularning texnik holati boʻyicha foydalanishga yaroqli ekanligini tasdiqlovchi klassifikatsiya guvohnomasi, suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnomasi, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;
  • Kema va suzuvchi vositalar egalari tomonidan daryo transporti sohasiga oid qonun-hujjatlar, Registr qoidalari, ekologiya va sanitariya normalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • Kemalar va suzuvchi vositalarning hamda kemalarni qurish va taʼmirlash uchun moʻljallangan material va jihozlarning Registr qoidalari va talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
  • Qurilayotgan kemalarni texnik loyiha hujjatlarini mahalliy suzish sharoitiga muvofiqligi nuqtai nazaridan kelishadi va tasdiqlaydi;
  • Kemalarni qurish, tamirlash va qayta jihozlash davrida texnik nazoratni amalga oshiradi;
  • Kema hujjatlarining amal qilish muddati tamom boʻlganda, kemalar, suzuvchi vositalarda odamlarning xavfsizligiga taxdid soluvchi nuqsonlar paydo boʻlganda, kemalardan foydalanish, yongʻinga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari buzilganda kemalar va suzib yuruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlaydi;
  • Kemalar va suzuvchi vositalarning ekipaj aʼzolarining amaldagi yoʻriqnomalar va dasturlar asosida bilimlarini tekshirishdan oʻtkazish boʻyicha kommisiya ishida ishtirok etadi;
  • Portlar, pristanlar, qirgʻoqlar, kema qatnaydigan suv inshootlari va suv yoʻllari ustidan oʻtayotgan aloqa liniyalari, gaz, ichimlik suvi va boshqa quvurlarning oʻtkazilishini, suzuvchan ponton koʻpriklar oʻrnatish va kechuv kemalari ishini tashkil etish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqadi va xulosalar beradi;
  • Xorijiy va milliy yuk tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining daryo transporti sohasidagi xalqaro shartnomalarining asosiy shartlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish tahrir

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan avtomobil yoʻllarida 2020-yilda bajarilgan xamda 2021-yilda bajarilishi rejalashtirilgan yoʻl ishlari toʻgʻrisida maʼlumot.

Respublikada jami 209 496 kilometr avtomobil yoʻli mavjud boʻlib, shundan:

– umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari – 2 869 kilometr; – ichki xoʻjalik yoʻllari – 141 882 kilometr; – idoraviy yoʻllar – 24 745 kilometrni tashkil etadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari maxus vakolatli organ — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tasarrufida, ichki hoʻjalik yoʻllari – mahlliy davlat xokimiyati organlari tasarrufida, idoraviy yoʻllar yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘ladi.

2020-yilda jami 5 186,3 millard soʻm (rejaga nisbatan – 101,8 %) miqdorida avtomobil yoʻllarini qayta qurish, taʼmirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6 442,6 km (rejaga nisbatan – 101,2 %) avtomobil yoʻli qayta qurildi va taʼmirlandi.

Jumladan:

– investitsiya dasturi doirasida 1 137,2 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilib, 146,2 km avtomobil yoʻllari qayta qurildi va taʼmirlandi;

– kapital taʼmirlash dasturi doirasida 352,7 mlrd.soʻm miqdorida mablagʻlar oʻzlashtirilib, 114,2 km avtomobil yoʻli kapital taʼmirlandi;

– umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash boʻyicha 1 848,9 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilib, 2 308,0 km avtomobil yoʻli taʼmirlandi;

– ichki hoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha 394,6 mlrd.soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 1 529,2 km ichki yoʻllar taʼmirlandi;

– „Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi“ mablagʻlari xisobidan 1 000,0 mlrd.soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 2026 km yoʻllar taʼmirlandi;

– „Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi“ hsobidan 452,9 milliard soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 319 kilometr avtomobil yoʻli taʼmirlandi.

2021-yilda 4 577,4 millard soʻm mablagʻ oʻzlashtiriladi xamda 3 935,8 kilometr avtomobil yoʻllari qayta quriladi va taʼmirlanadi.

Jumladan:

– investitsiya dasturi doirasida 2 165 milliard soʻm mablagʻ oʻzlashtirilib, 95,8 kilometr avtomobil yoʻli qayta quriladi;

– kapital taʼmirlash dasturi doirasida 355 milliard soʻm miqdorida mablagʻ oʻzlashtirilib, 100 kilometr avtomobil yoʻli kapital taʼmirlanadi;

– umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash boʻyicha 1 801,8 milliard soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 2 540 kilometr avtomobil yoʻli taʼmirlanadi;

– ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha 255,6 milliard soʻm miqdorida ishlar bajarilib, 1200 kilometr ichki yoʻl taʼmirlanadi.

Manbalar tahrir

  1. „Vazirlik haqida“. Mintrans.uz.
  2. „Транспорт вазири лавозимига номзод маъқулланди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-12 sanasida arxivlangan)
  3. „Rahbariyat“. Mintrans.uz. 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Markaziy apparat“. Mintrans.uz.