O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi
„Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi“ koʻkrak nishoni bilan — mehnat tajribasi va kasbiy malakaga ega, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan va sohada fidokorona mehnati bilan namuna boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari rahbar va xodimlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari mukofotlanadi[1].
„Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi“ koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishoni | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekistonfuqarolari | |
Taqdirlash asosi | mehnat tajribasi va kasbiy malakaga ega, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari xodimlari taqdirlanadi. | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2018-yil 28- iyun. |
Tavsifi
tahrir- “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) mis qotishmasidan tayyorlanadi va 34 mm diametrli aylana shakliga ega boʻladi:
- Koʻkrak nishonining old qismining markazi boʻylab paxta va bugʻdoy boshoqlari tasviri joylashtirilgan, ular aylana shaklidagi qishloq xoʻjaligi texnikasi belgisi bilan oʻralgan, aylananing quyida daryo tasvirlangan. Koʻkrak nishonining aylanasi boʻyicha sirlangan doiraga yashil rangda va bronza hoshiya bilan hoshiyalangan “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISNLOQ XO`JALIGI FIDOYISI” yozuvi tushirilgan. Bronza rangidagi harflar balandligi 2,3 mm tashkil etadi. Quyi qismida markaz boʻylab bronza rangidagi sakkizburchakli yulduz tasviri joylashtirilgan.
- Koʻkrak nishonining orqa tomonida “SONADAGI KO`P YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” yozuvi joylashtirilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,2 millimetr. Tasvir va yozuvlar boʻrtib chiqqan.
- Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari hoshiyalangan.
- Koʻkrak nishoni ilmoqcha va halqa yordamida toʻgʻri toʻrtburchakli qadagʻichga ulanadi. Qadagʻich kengligi — 26 millimetr, balandligi — 17 millimetr. Qadagʻich toʻq yashil rangda. Qadagʻich markazi boʻylab kengligi 20 millimetr, uzunligi 13 millimetr, 6 ta barg va 5 ta novdachadan iborat bronza rangidagi novda joylashtirilgan.
- Qadagʻichning orqa tomonida koʻkrak nishonini kiyimga mahkamlash uchun toʻgʻnogʻich shaklidagi moslama mavjud.