O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun mukofotlanadi[1][2]. O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i | ||
---|---|---|
| ||
Asl nomi | oʻzbekcha: Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy Yorligi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy yorliq | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslar va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo‘linmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin. | |
Taqdirlash asosi | iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilarga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2009-yil 17-dekabr. |
Kimlarga beriladi
tahrirO‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo‘linmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish „Davlat mukofotlari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxsga belgilangan namunadagi tegishli hujjat topshiriladi.
Imtiyozlari
tahrirO‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovg‘asi oladilar. (4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Manbalar
tahrir- ↑ [O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i tavsifini tasdiqlash haqida oʻzbekiston respublikasining qonuni, 17.12.2009 yildagi O‘RQ-235-son]
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY YORLIG‘I TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY YORLIG‘I TAVSIFINI TASDIQLASH HAQIDA“GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori , 04.12.2009 yildagi 704-I-son