O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi
„Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishoni bilan mamlakatimizning xalqaro obroʻsi va nufuzini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy salohiyatini, mudofaa qudratini yuksaltirish, sarhadlarimizning tinchligi va xavfsizligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va totuvlikni qaror toptirish, jamoat tartibini va huquq-tartibotni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, yosh avlodni milliy istiqlol gʻoyalari ruhida tarbiyalash borasida fidokorlik namunalarini koʻrsatayotgan ziyolilar, fan va madaniyat namoyondalari, ishchi va xizmatchilar, jamoa xoʻjaliklari aʼzolari, tadbirkorlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va boshqalar taqdirlanadilar[1].
„Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishoni | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy salohiyatini, mudofaa qudratini yuksaltirish, sarhadlarimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, millatlararo doʻstlik va totuvlikni qaror toptirish, jamoat tartibini va huquq-tartibotni mustahkamlash va yosh avlodni milliy istiqlol gʻoyalari ruhida tarbiyalash borasida fidokorlik namunalarini koʻrsatayotgan vatandoshlarimiz munosib taqdirlanadilar. | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2001-yil 18-iyul. |
Tavsifi
tahrir- „Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shakliga ega boʻladi.
- Esdalik nishonining kumush rang bilan hoshiyalangan old tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „OQ SAROY“ qarorgohi binosi fonida Amir Temur haykali tasvirlangan.
- Esdalik nishoni yuqori qismiga doira boʻylab „O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI“ soʻzlari yozilgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi va „2001“ yozuvi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariqdir.
- Esdalik nishoni halqacha va ilgakcha yordamida, koʻk rangdagi muhayar lenta bilan oʻralgan kolodka bilan tutashtiriladi.