Obid ketmon
Obid ketmon – Abdulla Qodiriy tomonidan yozilgan qissa. Qissa XX asrning 20- va 30-yillarda amalga oshirilgan kollektivlashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni ochib bergani bilan qimmatli[1]. Qodiriy bu asarni 1932–1934-yillar mobaynida yozib tugatgan[2].
Mamlakat | Oʻzbekiston SSR |
---|---|
Til | Oʻzbek tili |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi |
1934 1959 1935 2017 |
Sahifalar soni | 538 (2017) |
Tarixi
tahrir1934-yilda yozilgan asar, Qodiriyning boshqa mashhur asarlari, xususan, „Oʻtgan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ darajasida oʻrganilmagan va eʼtiborda boʻlmagan.
Abdulla Qodiriy oʻz davrining tanqidchilari nazdida „mayda burjuaziya yozuvchisi“ sifatida taʼriflangan. Masalan, Sotti Husayn „Sharq haqiqati“ gazetasining 1929-yil 123-sonida Qodiriy haqida quyidagi fikrlarni yozadi:
Abdulla Qodiriy proletariat inqilobiga nisbatan uzoqrok kishidir. Chunki haqiqatan Abdulla Qodiriy mayda burjuaziya yozuvchisidir. Uning sinfiy asosini belgilash tahlil vaqtida katta ahamiyatga egadir.
Asar 2017-yil „Info Capital Group“ tomonidan 1935-yilgi versiyasi boʻyicha qayta nashr etilgan[3][4].
Mavzusi
tahrirBaʼzi tahlilchilar tomonidan „Obid ketmon“da sodir boʻladigan voqealar rivoji Abdulla Qodiriyning kolxozlashtirish davrida oʻrtahol dehqon Obid ketmon tutgan oʻziga xos yoʻl, XX asrning 20-yillarida yakka dehqon xoʻjaligining tinch yoʻl bilan sotsializmga oʻsib borishi mumkinligi borasidagi qarashlarga xayrixoh boʻlganini isboti sifatida koʻrsatiladi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Bugun Qodiriy tug‘ilgan kun. Uning qabri hamon topilmagan“. 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
- ↑ „Özbek Romancı Abdullah Kâdirî ve Ötken Künler Romanı“. 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
- ↑ „Obid ketmon – Oftob“ (uz-UZ). Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
- ↑ „Abdulla Qodiriy asarlari hali bunday to‘liq shaklda chop etilmagan edi“ (uz-UZ). www.xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
- ↑ „Abdulla Qodiriyning "Obid Ketmon" qissasi - kollektivlashtirishni o'zgacha talqin qilgan asar“. 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.