Obishir madaniyati
Obishir madaniyati. Fargona vodiysi hududida mezolit davriga oid 40 dan ortiq gor va ochiq joy makonlar aniqlangan. Ularning kopchlik qismi Sirdaryo bo'ylaridagi qadimgi ko'llar yoqasida joylashgan ochiq joy makonlar va kamchillik qismi esa bir va bir necha madaniy qatlamlarga ega bo'lgan (Obishir 1-5 va Toshko'mir) gor-makondan iborat yodgorliklarni tashkil etadi. Gor-makonlar Fargona vodiysidagi So'x daryosining yuqori qismida joylashgan. Ulardan Obishir I,V va Toshko'mir gor-makonlari yaxshi o'rganilgan. Ularning madaniy qatlamlaridan tosh qurollari (mikrolit, qirgich, qadama, oroq-randa, nukleus va boshqalar), suyakdan yasalgan qurollar, chiganoq, tosh va suyaklardan yasalgan taqinchoqlar va turli yovvoyi hayvonlarga tegishli suyaklar topib o'rganilgan. Toshko'mir makoni tosh qurollari Obishirnikiga ancha o'xshash bo'lsada, chaqmoqtoshdan ancha qopol qilib ishlangan qurollar ham uchraydi.
Fargona vodiysi tekisliklarida esa mezolit-neolit davrlariga oid sal kam yuzga yaqin joy-makonlari o'rganilgan. Ularning bir qismi markaziy tekisliklarda qadimgi ko'llar bo'ylarida joylashgan ibtidoiy makonlardan Ashiko'l 1 2, 3, 16, Yangiqadam 1, Toyloq 3,5,7 va boshqa yodgorliklar muhim ahamiyatga ega.
Makonlarning ustiki qismidan terib olingan ashyoviy manbalar majmuasi chaqmoqtosh, slanes va qayroqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini tashkil etadi. Tosh qurollari katta-kichik nukleuslar, qirgichlar, qadamalar va har xil uchrindilardan iborat.
Arxeolog olim O'.I.Islomov butun Fargona vodiysining mezolit davriga oid barcha yodgorliklarini umumiy Obishir (IX-VIII) madaniyatiga kiritib, ularni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (gor-makon) ilk va Fargona (tekislik) so'nggi bosqichlardan iborat bo'lgan, deb hisoblaydi. Ularning har ikkalasi uchun ham plastinkasimon shaklda yasalgan tosh qurollar xos bo'lgan. Ilk bosqichida kishilar gorlarda yashab xojalikning ovchilik va termachilik turi bilan shugullangan bo'lsalar, keyingi bosqichda tekislikga kelib joylashib, termachilik va baliqcilik bilan kun kechira boshlashgan.
Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, Fargona vodiysida mezolit davrida shakllangan ibtidoiy kishilar madaniy an'analari keyingi davrlarda ham uzliksiz davom etadi. Shunga ko'ra umumiy Obishir madaniyatining davrini mil.avv. IX-VI ming yilliklar doirasida belgilab, uning birinchi bosqichi IX-VIII, ikkinchi bosqichi esa VII-VI ming yilliklar doirasida rivojlanganligi togrisidagi xulosaga kelish mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |