Obliq jome masjidi

Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Angren shahridagi masjid

Obliq jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Toshkent viloyatida joylashgan. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Toshkent viloyati Musulmonlar boshqarmasi tomonidan faoliyat yuritadi[1].

Masjid
Obliq jome masjidi
Obliq
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Shahar Angren
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Sharofxoʻjayev Xusniddin[1]
Minoralar soni 1
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati tahrir

Obliq jome masjidi jome masjidi Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan[1]. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Angren sharining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, Yangi qishloq mahalla fuqarolar yigʻini, Qora qishloq mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻini, Ilgʻor mahalla fuqarolar yigʻini, Ilgʻor mahalla fuqarolar yigʻini, Qoraqalpoq mahalla fuqarolar yigʻini, Chuvildoq mahalla fuqarolar yigʻini, Lashkerek mahallasi, Beshkapa mahalla fuqarolar yigʻini, Abdurasul, Davron, Yoshlar, Kultepa, Grum, Xaydarova, Chiqon koʻchasi, Gʻafur Gʻulom, Boy toʻpi kabi yana bir qancha koʻchalarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi. Shuningdek, Angren shahrining turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholilar, namozxonlar, shuningdek, yoʻlovchilar, mehmonlar va sayohatchilar Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu jomeʼ-masjidda kunlik besh vaqt namoz oʻqilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Tarixi tahrir

Obliq jome masjidida 2021 -yilda yangi bino qurilish ishlari boshlab yuborildi. Yangi masjid binosiga ilk tamal toshni qoʻyish uchun Toshkent viloyati bosh imom-xati Jasurbek domla Raupov qurulish maydoniga tashrif buyurdi[2]. Yangi masjid binosining qurilishi uchun mahalliy aholi vakillari va koʻngillilar tashrif buyurishdi. Qurilishga homiylar, tadbirkorlar, mahalla va Angren shahar faollari homiylik qilishdi. Obliq jome masjidining yangi binosi 2022-yilda foydalanishga topshirildi[3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „ОБЛИҚ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „Obliq Jome Masjidiga birinchi tamal toshi qo'yildi. Xusniddinxon qori sharxlaydi.“. aweba.net. aweba.net. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. „Хушхабар: «ОБЛИҚ» МАСЖИДИ ИШГА ТУШДИ“. fitrat.uz. fitrat.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.