Ochil Mavlonov – Turon Fanlar akademiyasining akademigi, Toshkent davlat pedagogika universitetining professori, biologiya fanlar doktori. u oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar va umumiy taʼlim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun oʻnlab darsliklar va oʻquv qo'llanmalari muallifidir.

Yutuqlari

tahrir

U respublikamizda o'tkazib kelinayotgan „Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv qo'llanmalari muallifi“ tanlovining olti marta g'olibi bo'lgan.

sohasi haqida

tahrir

Ochil Mavlonovning ilmiy tadqiqotlari qishloq xo'jaligi ekinlariga ziyon keltiradigan tuproq nematodalarini o'rganish va ta'limning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Uning rahbarligida mustaqil bilim olish va o'z-o'zini baholash pedagogik texnologiyasi yaratilgan.

Xizmatlari uchun

tahrir

Oliy ta'lim va tarbiya sohasidagi xizmatlari uchun

  • "Xalq ta'lim a'lochisi"
  • "Oliy ta'lim a'lochisi"
  • "Xalq ta'lim fidoyisi"

ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Kitoblari

tahrir
  • Biologiya. Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun ma`lumotnoma (2016)
  • Zoologiya darsliklari 7 - sinf (2012)
  • Umurtqasizlar zoologiyasi
  • Tuproq zoologiyasi
  • Zoologiya asoslari
  • Zoologiyani o'qitish metodlari va texnologiyalari
  • Zoologiya darslari
  • Parazitologiya
  • Biologiya
  • Biologiya asoslari

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ochil Mavlonov
  2. kitoblari pdf variantlari