Odette Giuffrida (tugʻ. 1994-yil 12-oktyabr, Rome, Italiya) — italiyalik dzudochi, 52 kg gacha vazn toifasida, Italiya terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori. Dzudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining toʻrt karra bronza medali sovrindori (2011, 2012, 2013, 2014). 2020-yilda Yevropa chempioni. 2016-yil fevral oyida u ayollar dzudo boʻyicha Jahon reytingida Top-10 taligiga kirdi.[1]

Odette Giuffrida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Tavallud sanasi 12-oktyabr 1994-yil (1994-10-12) (29 yosh)
Rome, Italiya
Vazni 52 kg gacha
Sport
Qaysi sport dzudo
Klubi Centro Sportivo Esercito
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Kumush Rio-de-Janeyro 2016 52 kg
Bronza Tokio 2020 52 kg
Yevropa oʻyinlari
Bronza Boku 2015 52 kg
Dzudo bo'yicha Yevropa chempionati
Oltin Praga 2020 52 kg
Kumush Lissabon 2021 52 kg

Faoliyati tahrir

Odette Giuffrida bolaligini Rim chekkasidagi Monte-Sakroda oʻtkazdi.[2] U akasi Salvatore tufayli 6 yoshida dzudo bilan shugʻullana boshlagan.

2009-yilda u xalqaro maydonda debyut qilgan. 2013 va 2014-yillarda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2011—2014-yillarda u yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2015-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan birinchi Yevropa oʻyinlarida u umumjamoa hisobida bronza medali sohibiga aylandi.[3]

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Odette 52 kg gacha vazn toifasida finalga chiqdi va kosovolik dzudochi Majlinda Kelmendiga yutqazdi, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2020-yilda noyabr oyida Pragada (Chexiya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Giuffrida 52 kg gacha vazn toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Finalda u ruminiyalik sportchi Andreea Chițudan ustun keldi. 2021-yilda Lissabonda (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida italiyalik sportchi finalda fransiyalik Amandine Buchardga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ikkinchi kunida 52 kg gacha vazn toifasida italiyalik uchinchi oʻrin uchun kurashda vengriyalik Réka Puppni magʻlub etib, Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi.[4][5][6][7]

Manbalar tahrir

  1. Odette Giuffrida reaches top 10 World Ranking
  2. „arxiv nusxasi“. 12-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  3. Baku 2015. Bronzo a squadre con il Judo femminile
  4. Odette Giuffrida, 6–avgust 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 28–may 2022–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. Majlinda Kelmendi wins Kosovoʻs 1st Olympic medal
  6. „arxiv nusxasi“. 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  7. Odette GIUFFRIDA