Ofidiofobiya
Ofidiofobiya (yoki ofiyofobiya) oʻziga xos fobiya turi boʻlib, ilonlardan irratsional qoʻrqishni anglatadi. Bu baʼzan herpetofobiya, sudraluvchilardan qoʻrqish singari umumiy atama bilan ham nomlanadi. Bu soʻz yunoncha „ofis“ (ὄφις) ilon soʻzidan kelib chiqqan va „fobiya“ (φοβία) qoʻrquv soʻzi bilan birlashib ilondan qoʻrqish maʼnosini bildiradi[1].
Tadqiqotlar
tahrirVoyaga yetgan odamlarning taxminan uchdan bir qismi ofidiyofobiyaga chalingan, bu eng keng tarqalgan fobiya turi hisoblanadi[2]. Biroq, „klinik ahamiyatga ega“ ofidofobiyani namoyon etuvchi katta yoshli bemorlar aholining atigi 3-4 foizini tashkil etadi[3].
The Handbook of the Emotions (Hissiyotlar qoʻllanmasi") (1993) asarida psixolog Arne Ohman evolyutsion jihatdan ahamiyatli qoʻrquv reaksiyasiga ega neytral stimullar (ilonlar va oʻrgimchaklar) bilan evolyutsion jihatdan ahamiyatsiz qoʻrquv reaksiyasiga ega neytral stimullarni (zamburugʻlar, gullar, koʻpburchaklar, oʻq otuvchi qurollar va elektr rozetkalari) shartlanmagan stimul bilan juftlashtirishi boʻyicha tadqiqot oʻtkazgan. Natijada, ofiofobiya va araxnofobiya shartli reaksiyani shakllantirish uchun faqat bir marotaba jonivor bilan roʻbaro kelish talab qilgan boʻlsa, mikofobiya, antofobiya, koʻpburchaklar, oʻq otuvchi qurollar va elektr rozetkalaridan qoʻrqish uchun bir necha urinishlar amalaga oshirish kerak boʻlgan va muntazam shartlantirishsiz yoʻqolib ketgan. Ofiofobiya va araxnofobiya esa doimiy xarakterga ega[4]. Xuddi shunday, psixologlar Susan Mineka, Richard Keir va Veda Price laboratoriyada ulgʻaygan rezus makakalarga boshqa makakaning qoʻrqib ketayotgani aks etgan videoni koʻrsatilmasa, ular banan olish uchun oʻyinchoq ilonning yonidan oʻtish kerak boʻlganda, hech qanday qoʻrquv reaksiyalarini namoyon qilmasligini aniqladilar[5].
2001-yilda Shvetsiyadagi Karolinska institutida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, sutemizuvchilarda ilonlarga (oʻrgimchaklarga) nisbatan tugʻma salbiy reaksiya boʻlishi mumkin, bu ularning omon qolishi uchun juda muhim omil hisoblanadi, chunki mazkur qoʻrquv tahdidlarni darhol aniqlashga imkon berdi[6]. 2009-yildagi 40 yillik tadqiqot dasturining hisoboti odamlarda ilonlarga nisbatan kuchli qoʻrquv sharoitlarini va ilon tasvirlarini ongsiz ravishda tez qayta ishlashini isbotladi. Bu inson miyasidagi amigdalani oʻz ichiga olgan qoʻrquv tarmogʻi orqali amalga oshiriladi[7]. 2013-yildagi tadqiqot primatlarda (makakalarda) ilonlar harakatini tez aniqlash uchun tabiiy tanlanishning neyrobiologik dalillari mavjudligini koʻrsatdi[8].
Filmlarda
tahrirIndiana Jones kinosining bosh qahramoni ofidiyofobiya bilan ogʻrigan odam sifatida tasvirlan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ophidiophobia (n.)“. Online Etymology Dictionary. Qaraldi: 2018-yil 6-oktyabr.
- ↑ Ceríaco, Luis MP (2012). "Human attitudes towards herpetofauna: The influence of folklore and negative values on the conservation of amphibians and reptiles in Portugal". Journal of Ethnobiology and Ethnomedicine 8 (1): 8. doi:10.1186/1746-4269-8-8. PMID 22316318. PMC 3292471. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3292471.
- ↑ Polák, Jakub; Sedláčková, Kristýna; Landová, Eva; Frynta, Daniel (2020-05-14). "Faster detection of snake and spider phobia: revisited". Heliyon 6 (5): e03968. doi:10.1016/j.heliyon.2020.e03968. ISSN 2405-8440. PMID 32435714. PMC 7229493. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7229493.
- ↑ Öhman, Arne „Fear and anxiety as emotional phenomena: Clinical phenomenology, evolutionary perspectives, and information-processing mechanisms“, . The Handbook of the Emotions, 1st Lewis: , New York: Guilford Press, 1993 — 511–536-bet. ISBN 978-0898629880.
- ↑ Mineka, Susan; Keir, Richard; Price, Veda (1980). "Fear of snakes in wild- and laboratory-reared rhesus monkeys (Macaca mulatta)". Animal Learning & Behavior (Springer Science+Business Media) 8 (4): 653–663. doi:10.3758/BF03197783. https://link.springer.com/content/pdf/10.3758/BF03197783.pdf.
- ↑ Roach. „Fear of Snakes, Spiders Rooted in Evolution, Study Finds“. National Geographic News. National Geographic Society (2001-yil 4-oktyabr).
- ↑ Öhman, Arne (2009). "Of snakes and faces: An evolutionary perspective on the psychology of fear". Scandinavian Journal of Psychology (Wiley) 50 (6): 543–552. doi:10.1111/j.1467-9450.2009.00784.x. ISSN 0036-5564. PMID 19930253.
- ↑ Van Le, Q.; Isbell, L. A.; Matsumoto, J.; Nguyen, M.; Hori, E.; Maior, R. S.; Tomaz, C.; Tran, A. H. et al. (28 October 2013). "Pulvinar neurons reveal neurobiological evidence of past selection for rapid detection of snakes". Proceedings of the National Academy of Sciences 110 (47): 19000–19005. doi:10.1073/pnas.1312648110. ISSN 0027-8424. PMID 24167268. PMC 3839741. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3839741.
- ↑ Gresh, Lois H.. Why Did It Have To Be Snakes: From Science to the Supernatural, The Many Mysteries of Indiana Jones. John Wiley & Sons, 21 April 2008. ISBN 9780470225561. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.