Ofshor (inglizcha: offshore — „qirgʻoq narisidagi“) „soliq jannati“ boʻlgan hudud(mamlakat)lardir. Bunday joyda mablagʻ egalari anonimligi va maxfiyligi kafolatlanadi.

Taʼrifi tahrir

Ofshor kompaniyasi — bu imtiyozli soliq toʻlash (yoki umuman toʻlamaslik) hududida bunyod etilgan korxona boʻlib, u roʻyxatga olingan joyda barqaror turmaydigan shaxslarga tegishlidir. Odatda, ofshor korxonasi masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki kompaniya shaklida tashkil etiladi. Ammo, ofshor faoliyati uchun boshqa tashkiliy — huquqiy shakllar ham yoʻq emas, masalan shirkatchilik, xorijiy kompaniyaning shaxobchasi shaklida boʻlishi mumkin. [1]

 
Ofshor hudud deb hisoblangan moliyaviy markazlar

Ofshor kompaniyasining soliq toʻlash tartibiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy shart bu uning rezident va rezident emaslik maqomidir. Bunda nazarda tutilayotgan narsa korxona boshqaruv idoralarining, uning roʻyxatdan oʻtgan hududiga nisbatan uzoqda joylashgan joyidir. Rezidentlardan farqi shundaki, ular oʻzlari joylashgan hududdan tashqaridan turib boshqariladi. Norezident kompaniyalar amalda mahalliy soliq toʻlash tizimidan butunlay chiqariladi. Bu kabi kompaniyalarning oʻzlari roʻyxatdan oʻtgan joyda oʻziga tegishli ofisi boʻlishi shart emas, baʼzi bir davlatlarda esa, buxgalterlik hujjatlarini olib borishdan va hissadorlar reestrini yuritishdan ham ozod qilingan. Bu holda, korrespondensiyalarni qayta ishlash va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash majburiyatlari maxsus firmalar zimmalariga yuklatiladi. Kompaniyani uning egasi er sharining har qanday nuqtasidan turib bevosita boshqarishi mumkin.

Manbalar tahrir

  1. Шомирзаев Э.А., Маҳмудова Н., Раҳимов Қ.Э., Нугманова Г. Қурилиш индустрияси корхоналарини ташкил этиш фанидан ўқув қўлланма

Adabiyotlar tahrir