Ogahiy uy muzeyi – 1999-yilda Xorazm viloyati Xivadagi Qiyot mahallasida Muhammad Rizo Ogahiyning uyida tashkil etilgan uy-muzey[1]. Muzeyning oldida Ogahiyning haykali oʻrnatilgan[2]. Ogahiyning uy-muzeyi Koʻhna Arkdan taxminan 5-6 chaqirim masofada Xiva-Qoʻshk’opir yoʻlida joylashgan. Shoirning uyida „Ogahiy bogʻi“ tashkil etilgan boʻlib, bu yerda Muhammad Rizo Ogahiyning oʻzi ekkan tut daraxti ham bor[3]. 2019-yil 16-17 dekabr kunlari shoirning 210 yillik yubileyini nishonlandi va Ogahiy uy-muzeyi qayatadan restavratsiya qilindi[4]. Uy-muzey Ichan-qal’a“ davlat muzey-qo‘riqxonasining filiali hisoblanadi[5].

Ogahiy uy-muzeyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi aktiv
Turi uy-muzey
Joylashuvi Qiyot mahallasi
Shahar Xiva
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi tugagan 2019-yil (restavratsiya)

Manbalar

tahrir
  1. „Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy“.
  2. https://xs.uz/uz/post/hayot-gozalliklari-kujchisi[sayt ishlamaydi]
  3. https://www.intereuroconf.com/index.php/ispc/article/download/135/82
  4. https://beruni.uz/en-ca/component/k2/item/326-o%E2%80%99zr-fa-sharqshunoslik-instituti-muhammadrizo-ogahiy-qo%E2%80%99lyozmalaridan-nusxalar-sovg%E2%80%98a-qildi.html
  5. „O‘zbekistonning eng qiziqarli muzeylari: xorijiy sayyohlar orasida TOP-5“ (2023-yil 17-may).