Oganes Tatevosyan
Oganes Karapetovich Tatevosyan (1889.1.3, Yerevan — 1974.3.7, Moskva) — manzarachi rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1945). Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik bilim yurtida taʼlim olgan (1911— 17). 1917— 66 ylarda Oʻzbekistonda, 1966-yildan Moskvadayashagan. ManzaraustasiboʻlganT. asarlarida Oʻzbekiston tabiatini, uning mehnatkash xalqini, Sharkni — qad. Samarqand va Buxoroni oʻziga xos tarzda tasvirladi: "Eski Samarqand" turkumi ("Peshin. Koʻcha manzarasi", 1915; "Registon maydoni tush paytida", 1916; "Tunda choyxona", 1916; "Sherdor Madrasa oldida", 1917 va boshqalar), "Sayil" (1918), "Bogʻ yoʻli" (1928), "Qovun bozori" (1929), "Kattaqoʻrgʻon suv ombori kurilishida" (1940), "Baxrr" (1961), "Bahor. Toshkentning chekkasi" (1961), "Baxrr tashvishlari" (1962) va boshqa Plakatlar, natyurmortlar ("Lolalar", "Atirgullar", 1947; "Mevalar", 1950 va boshqalar) yaratgan. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va toʻplamlarida saqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |