Ohangaron yoʻli koʻchasi (Toshkent)

Ohangaron yoʻli koʻchasi – umumiy uzunligi qariyb 3,4 km boʻlgan koʻcha, Toshkent shahrining shariy qismida, Yashnobod va Bektemir tumanlar hududida joylashgan[1]. Avvalgi nomi Ohangaron shossesi edi. Toshkentdan Ohangaron shahriga boruvchi yoʻl boʻlgani sababli, koʻcha shunday nomlangan[2].

Ohangaron yoʻli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod
Uzunligi 3.4 km
Boshlanish koordinatalari 41°17′46″N 69°21′11″E / 41.296076°N 69.353003°E / 41.296076; 69.353003
Tugash koordinatalari 41°16′06″N 69°21′58″E / 41.268430°N 69.366009°E / 41.268430; 69.366009
Yaqin metro bekatlari

Yashnobod (metro bekati)
Tuzel (metro bekati)
Olmos (metro bekati)
Rohat (metro bekati)

Tramvaylar (sobiq 6)
Avtobuslar 18, 30, 44, 49, 110, 119,
Yoʻnalishli taksilar 55M, 73M, 88M, 91M, 99M, 139M, 145M,
Avvalgi nomlari Ohangaron shossesi
Kim sharafiga nomlangan Ohangaron shahri
Kesishgan koʻchalari Choʻlpon, Birlashgan, Beshariq, Shohimardon, Shohsanam, Yakkatol
Koʻchada joylashgan binolar Yangiobod dehqon bozori, Koreya madaniyat markazi
Map
Koʻchaning xaritada koʻrinishi

Tarixi

tahrir

Parkent koʻchasi (sobiq general Petrov koʻchasi) va Toshkent halqa yoʻli oʻrtasida joylashgan va uzunligi 10 km ga yaqin boʻlgan ushbu koʻcha tarixda „Ohangaron shossesi“ nomi bilan maʼlum boʻlgan. Koʻcha 19-asr oxirida paydo boʻlgan. Ohangaronga olib boradigan yoʻl boʻlgani uchun koʻcha shunday nomlangan. 1961-yildan Ohangaron shossesi avtomobil magistral yoʻli boʻlib xizmat qilgan va Toshkentni dam olish maskanlari, Toshkent viloyatining sanoat hududlari va Fargʻona vodiysi bilan bogʻlovchi asosiy yoʻl boʻlib kelgan. Oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab koʻchaga tutash boʻlgan Yangiobod dahasi, Lisunova (hozirgi Aviasozlar mavzesi), Gʻalabaning 40 yilligi (hozirgi Tuzel) mavzelarida ommaviy ravishda turar-joy dahalarini qurish ishlari olib borildi[3].

Kesishgan koʻchalar

tahrir

Koʻcha Parkent koʻchasining Birlashgan 2-tor koʻchasi bilan kesishgan hududidan boshlanib, keyin oʻngga burilib, Choʻlpon va Birlashgan koʻchalari chorraxasida, Beshariq (sobiq Sholoxova koʻchasi), Shohimardon (sobiq Aliyev koʻchasi), Shohsanam, Yakkatol koʻchalari bilan kesidhadi va Rohat aylanma yoʻlida tugaydi. Shu yoʻnalish boʻyicha davom etuvchi yoʻlning keyingi qismi „Ohangaron shossesi“ nomini saqlab qolgan.

Binolar

tahrir

Koʻchada Yandiobod dehqon bozori, Koreya madaniyat markazi, Yashnobod tuman mudofaa ishlari boʻlimi, k’op qavatli uylar va bir qavatli aholi turar joy binolari joylashgan. 2017—2020-yillarda koʻcha boʻylab Yer usti metrosi qurildi.

Transport

tahrir

Toshkent shahrida tramvaylar harakati toʻxtatilgunga qadar koʻcha boʻylab 6-raqamli tramvay harakatlangan. Hozirda uning oʻrnida Toshkent metrosining yerusti halqa yoʻli qurilgan. Koʻcha boʻylab jamoat transportining koʻplab avtobus yoʻnalishlari mavjud. Koʻcha boʻylab yerusti metrosining Tuzel, Iltifot bekatlari joylashgan[2].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Toshkentda “ZIL” yonib ketdi“. Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Ахангаранское шоссе“ (ru). geodzen.com. Qaraldi: 25-noyabr.
  3. „A-Улицы Ташкента“ (ru). Qaraldi: 25-noyabr.