Oila uchun – NGM tomonidan suratga olingan, birinchi qismi 2021-yil 20-fevralda namoyish etilgan, rejissyor Serkan Birinji tomonidan boshqarilgan, ssenariysi Gul Abus Semerji tomonidan yozilgan drama, oʻsmirlik va romantika janridagi turk teleserialidir [2] Bosh rollarni Jelil Nalchakan, Juneyt Mete, Simge Selchuk, Yigit Kochak, Halit Oʻzgur Sari, Onur Seyit Yaran, Fadik Sevin Atasoy, Ahu Yagʻtu va Su Burju Yazgi Joshkun ijro etgan. 4 fasldan iborat boʻlgan serial, 2024-yil 8-iyunda efirga uzatilgan 132-qismi bilan final qilib yakunlangan.

Oila uchun
Janri Drama
Oʻsmirlik
Romantizm
Rejissyor Serkan Birinji
Ssenariynavis(lar) Gul Abus Semerji
Burju Oʻver
Oʻzlem Elginoʻz
Ilker Barish
Melis Veziroʻgʻli
Mert Merichli
Zafer Oʻzer Chetinel
Hikoya Gul Abus Semerji
Rollarda Jelil Nalchakan
Juneyt Mete
Simge Selchuk
Yigit Kochak
Halit Oʻzgur Sari
Onur Seyit Yaran
Fadik Sevin Atasoy
Ahu Yagʻtu
Su Burju Yazgi Joshkun
Bastakor(lar) Alp Yenier
Qismlar boshidagi musiqa Bugün Dünden İyi[1]
Qismlar oxiridagi musiqa Bugün Dünden İyi
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Til Turkcha
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) Nazli Hepturk
Ugʻur Turkmen
Goʻkhan Erkal
Joy Istanbul
Kinematografiya Okan Ergan
Bunyamin Karair
Qism davomiyligi 135 daqiqa
Studiya(lar) New Generation Media
Efirga uzatilishi
Telekanal atv

Mavzusi

tahrir

Hayotning qarshilariga chiqargan barcha muammolarni birgalikda yengib oʻtishga urinayotgan, hech narsaga qaramay ajralmay, bir-birlaridan kuch olgan toʻrt aka-ukaning boshidan kechirgan qiyinchiliklari va muhabbatlari haqida hikoya qilinadi.

Prodakshn

tahrir

Texnik guruh

tahrir

Serial rejissyori Serkan Birinji, prodyuserlari Nazli Hepturk, Ugʻur Turkmen va Goʻkhan Erkaldir. [3] Ssenariy guruhi Gul Abus Semerji, Melis Veziroʻgʻli Yilmaz va Mert Merichlidan iboratdir.

Serialning kinooperatori Vedat Dikmetash, rejissyor yordamchisi Eda Aksoy Giritlioʻgʻi, ikkinchi rejissyor Neshe Kelsoy, badiiy rahbar Burchak Demet Danyal va chiroq ustasi Bilgehan Perchindir. Fantaziyasi Ogun Kichikoʻgʻli tomonidan qilingan.

Serialning ijrochi prodyuseri Resul Oʻzkaya, koordinatori esa Hilal Duygu hisoblanadi. Serialning rol berish boʻyicha rejissyori Sema Hatun Bilmish hisoblanadi.

Suratga olish joylari

tahrir

Serial Istanbulning turli joylarida, asosan, Fatihda suratga olingan. Serialdagi makonlardan biri boʻlgan Ataman kolleji uchun Eyupsultandagi Xususiy Kemerburgaz Bilim Maktabi ishlatiladi. [4]

Saundtrek albomi

tahrir

Serial musiqalarini oʻz ichiga olgan saundtrek albomi 2021-yil 18-iyun kuni chiqarilgan. Musiqalar Alp Yenier va Guliz Ayla tomonidan tayyorlagan. Albomda umumiy hisobda 41 ta musiqa mavjuddir.

Xalqaro efirga uzatish

tahrir

Serial For My Family nomi bilan jahon bozoriga chiqqan. [5] [6] Ispaniya, [7] Chili, [8] Jazoir, Bahrayn, Chad, Jibuti, Misr, Gʻazo, Eron, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Ummon, Falastin, Qatar, Saudiya Arabistoni, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili, Yaman, Rossiya, [9] Ruminiya, Isroil, Oʻzbekiston [10] va 30 dan ortiq mamlakatda efirga uzatilgan. [6] 2021-yil 15-avgustdan Yaqin Sharqdagi eng yirik internet platformalaridan biri boʻlgan OSNʼda koʻrsatila boshladi. [6]

Aktyorlar jamoasi va personajlar

tahrir

Eslatma: Quyidagi asosiy qahramonlarning tavsiflari, batafsil holini va yordamchi qahramonlar haqida batafsil maʼlumotlar va qism raqamlari haqida maʼlumot olish uchun qahramonlar roʻyxatiga qarang.

  • Akif Atakul (Jelil Nalchakan), (1-132): Nebahatning turmush oʻrtogʻi va Suzanning eski turmush oʻrtogʻi, Zumrutning eski sevgilisi; Doruk, Melisa ve Kaanning dadasidir. Oʻzi biznesmendir. Atakul Grup’ning eski sohibi hisoblanadi.
  • Orhan Eren (Juneyt Mete), (1-132): Shengulning turmush oʻrtogʻi, Ogʻuljan, Aybike ve Umutjanning dadasidir. Avvallari Ataman kollejida farrosh boʻlib ishlagan. Marhamatli va pok yurakli odamdir. Xotinining, farzandlarining va jiyanlarining baxtli boʻlishini istaydi.
  • Nebahat Shen (Simge Selchuk), (1-132): Akifning turmush oʻrtogʻi, Doruk ve Melisaning onasidir. Aylaning eski hamkoridir.
  • Oʻmer Eren/Yilmaz (Yigit Kochak), (1-132): Suzanning va Ahmetning oʻgʻli, Susenning sevgilisi va Harikaning ukasidir. Aqlli, hirsli ammo shu qadar hissiyotlidir. Doim boy boʻlish hayolini quradi.
  • Asiye Eren (Su Burju Yazgi Joshkun), (1-117): Hatije va Velining qizi, Kadirning singlisi, Emelning opasi, Dorukning sevgilisidir. Gʻururli, haqiqatgoʻy va mehnatkash bir qizdir.
  • Suzan Erjan (Ahu Yagʻtu), (1-114): Akifning va Kenanning eski turmush oʻrtogʻi, Ahmet Yilmazning eski sevgilisi, Harika ve Oʻmerning onasidir. Shuningdek Akifning eski hamkoridir.
  • Shengul Aslan (Fadik Sevin Atasoy), (1-112): Orhanning turmush oʻrtogʻi, Ogʻuljan, Aybike va Umutjanning onasidir.
  • Doruk Atakul (Onur Seyit Yaran), (1-95): Akif ve Nebahatning oʻgʻli, Melisa va Kaanning katta akasi, Asiyening sevgilisidir. Kelishgan, aqlli va oshiq bir qahramondir. Muhabbati har narsadan ustundir.
  • Kadir Eren (Halit Oʻzgur Sari), (1-29): Hatije va Velining oʻgʻli, Asiye ve Emelning katta akasi, Melisaning va Susenning eski sevgilisidir.

Efirga uzatilishi

tahrir
Mavsum Efir kuni
va soati
Mavsum
boshlanishi
Mavsum
finali
Suratga olingan
qismlar
soni
Qism
oraligʻi
Efir
yili
TV
kanali
1-mavsum Shanba
20:00
2021-yil 20-fevral 2021-yil 19-iyun 18 1-18 2021 atv
2-mavsum 2021-yil 11-sentabr 2022-yil 11-iyun 38 19-56 2021-2022
3-mavsum 2022-yil 3-sentabr 2023-yil 10-iyun 57-94 2022-2023
4-mavsum 2023-yil 9-sentabr 2024-yil 8-iyun
(Final)
95-132 2023-2024

Qoʻshiqlar

tahrir
NomiDavomiyligi
1.„Bugün Dünden İyi - (Guliz Ayla)“2:28
2.„Zincir - (Cem Adrian)“4:00
3.„Derinlerde - (Cem Adrian) & (Mark Eliyahu)“3:21
4.„Gelsin Hayat Bildiği Gibi - (Ceza) & (Sezen Aksu)“4:56
5.„Kor - (Emir Jan Igʻrek)“3:04
6.„Kalbimin Tek Sahibine - (Irem Deriji)“3:30
7.„Bir Nefes Kadar - (Alp Yenier) & (Goʻzde Oʻney)“2:26
8.„Penceresiz Kaldım Anne - (Ahmet Kaya)“4:20
9.„Herkes Gider Mi? - (Cem Adrian) & (Aylin Aslim)“4:35

Mukofotlar va nomzodliklar

tahrir

Serial 47-Oltin Kapalak Sovrinlari’da 14 ta sovringa nomzodlik qilib[11] 3 ta sovrin yutib olgan va Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tarqatilgan 25-Oltin Obyektiv Sovrinlari’da bitta sovrin yutib olgan.[12]

Yil Sovrin Kategoriya Nomzod Natija Ref.
2021 25-Oltin Obyektiv Sovrinlari Yilning Drama Seriali Oila uchun Yutuq [12]
Moon Life Sovrini Yilning Eng Yaxshi Aktrisasi Fadik Sevin Atasoy Yutuq [13]
Yilning Eng Yaxshi Drama Seriali Oila uchun Yutuq
Oltin 61 Sovrinlari Yilning Yulduzi Porlagan Aktrisasi Su Burju Yazgi Joshkun Yutuq [14]
Yilning Eng Yaxshi Yordamchi Aktyori Onur Seyit Yaran Yutuq
47-Oltin Kapalak Sovrinlari Eng Yaxshi Serial Oila uchun Nominatsiya [11]
Eng Yaxshi Aktrisa Su Burju Yazgi Joshkun Nominatsiya
Eng Yaxshi Serial Juftligi Su Burju Yazgi Joshkun & Onur Seyit Yaran Nominatsiya
Eng Yaxshi Rejissor Serkan Birinji Nominatsiya
Eng Yaxshi Ssenariy Gul Abus Semerji Nominatsiya
Eng Yaxshi Saundtrek Alp Yenier Nominatsiya
Eng Yaxshi Bola Aktrisa Aylin Akpınar Yutuq [15]
Xalqaro Oltin Ege Sovrinlari Yilning Porlagan Aktyori Bilal Yigit Kochak Yutuq [16]
GQ Jurnali Sovrinlari Yilning Yuksalgan Yulduzi Onur Seyit Yaran Yutuq [17]
2022 The Best of Time 2022 Sovrinlari Eng Yaxshi Drama Seriali Oila uchun Yutuq [18]
Eng Yaxshi Aktrisa Fadik Sevin Atasoy Yutuq
Eng Yaxshi Yordamchi Aktyor Turan Jihan Shimshek Yutuq
Eng Yaxshi Yordamchi Aktrisa Goʻzde Turker Yutuq
Istanbul Okan Universiteti
Yilning Englari
Eng Yaxshi Serial Oila uchun Yutuq [19]
Yilning Eng Yaxshi Juftligi Su Burju Yazgi Joshkun & Onur Seyit Yaran Yutuq
48-Oltin Kapalak Sovrinlari Eng Yaxshi Serial Oila uchun Nominatsiya [20][21]
Eng Yaxshi Aktrisa Su Burju Yazgi Joshkun Nominatsiya
Eng Yaxshi Aktyor Onur Seyit Yaran Nominatsiya
Bilal Yigit Kochak Nominatsiya
Yulduzi Porlaganlar Su Burju Yazgi Joshkun Yutuq
Eng Yaxshi Serial Juftligi Su Burju Yazgi Joshkun & Onur Seyit Yaran Yutuq
Eng Yaxshi Rejissor Serkan Birinji Nominatsiya

Manbalar

tahrir
  1. „“Oila uchun” serialning saundtreki chiqdi“. www.atv.com.tr (2021-yil 17-iyun). 2021-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  2. „Butun atv seriallari / Serial tomosha qil“. www.atv.com.tr. 2021-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  3. „“Oila uchun” seriali mavzusi va hikoyasi“. www.atv.com.tr. 2021-yil 28-oktabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  4. „Arxivlangan nusxa“. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  5. „Dunyoning koʻzi “Oila uchun”da!“. www.atv.com.tr (2021-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Yaqin Sharq, Yevropa va Bolqonlarda “Oila uchun”ning shamoli“. www.atv.com.tr (2021-yil 21-sentabr). 2021-yil 23-sentabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  7. „'Hermanos' de Antena 3; avance del capítulo de hoy domingo 3 de julio: Akif es víctima de un chantaje“ (ispancha). Marca (2022-yil 3-iyul). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  8. „Todo por mi familia“ (ispancha). TVN. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  9. „Мои братья мои сестры смотреть онлайн“ (ruscha). 2022-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  10. „"Oila uchun" Turkiya seriali (Premyera)
    27-sentabr, bugun. Soat 21:30 da, "Sevimli" telekanalingizda tomosha qiling!“
    . 2021-yil 27-sentabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyul.
  11. 11,0 11,1 47-Oltin Kapalak nomzodlari kimlar? Mana nomzodlar, Haberturk.com, 2021-10-26, 2021-10-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-28
  12. 12,0 12,1 25-Oltin Obyektiv Sovrinlari oʻz sohiblarini topdi, Hürriyet, 2021-10-28, 2021-10-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-29
  13. „Instagram'da Fadik Sevin Atasoy:Posted • @atvturkiye Moon Life Sovrinlari oʻz sohiblarini topdi.“. Instagram (2021-yil 6-noyabr). 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.
  14. Altın 61 Proje. „#Repost @ennmagazinn with @make_repost “Altın 61 Ödülleri’nde” Kardeşlerim dizisinin oyuncuları Su Burcu Yazgı Coşkun “Yılın Yıldızı Parlayan Oyuncusu” Onur Seyit Yaran ise “Yılın En İyi Yardımcı Erkek Oyuncusu” ödülünü aldı. #suburcuyazgıcoşkun #onurseyityaran #kardeşlerim #enmagazinn“ (2021-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  15. „Mana 47-Oltin Kapalak Sovrinlari Marosimining yulduzlari“. Hürriyet (2021-yil 7-dekabr). 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  16. ((kardeslerim)). „Yapımına NGM’in imza attığı yönetmenliğini Serkan Birinci’nin üstlendiği, senaryosunu Gül Abus Semerci’nin kaleme aldığı ATV’nin reyting rekortmeni dizisi “Kardeşlerim” dizisi oyuncuları 2021’e damga vurmaya devam ediyor. Dizide Ömer karakterine hayat veren genç kızların gönlünde taht kuran oyuncu Bilal Yiğit Koçak, Uluslararası Altın Ege Ödülleri’nde Yılın Parlayan Erkek Oyuncu ödülünü aldı. İzmir’de ödülünü alan oyuncu dizinin sadık izleyicilerine teşekkür etmeyi ihmal etmedi. #Kardeşlerim güçlü hikayesi ve sevilen isimleri ile her Cumartesi akşamı atv’de. @atvturkiye“ (2021-yil 18-dekabr).
  17. ((kardeslerim)). „Yapımına NGM’in imza attığı yönetmenliğini Serkan Birinci’nin üstlendiği, senaryosunu Gül Abus Semerci’nin kaleme aldığı ATV’nin Cumartesi akşamına damga vuran dizisi “Kardeşlerim” dizisi de oyuncuları da ödüle doymuyor. Dizide Doruk karakterine hayat veren yakışıklı oyuncu Onur Seyit Yaran, GQ Dergisi tarafından düzenlenen yılın başarılı isimlerinin belirlediği gecede Yılın Yükselen Yıldızı ödülünü aldı. Ödülünü bizzat alan oyuncu heyecanını sosyal medyasından paylaştı. #Kardeşlerim heyecan dolu gelişmelerle Cumartesi atv’de.📺 @atvturkiye“ (2021-yil 18-dekabr).
  18. ((kardeslerim)). „#Kardeşlerim’e 4 ödül birden geldi 🥇 #TheBestOfTime2022 ödül töreninde; En İyi Dram Dizisi En İyi Kadın Oyuncu (Fadik Sevin Atasoy) En İyi Erkek Yardımcı Oyuncu (Cihan Şimşek) En İyi Kadın Yardımcı Oyuncu (Gözde Türker) ödüllerine layık görüldü.👏“ (2022-yil 18-yanvar).
  19. „Kardeşlerim’e yılın dizisi ve yılın çifti ödülü!“. sabah.com.tr (2022-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  20. „Golden Butterfly Awards (2022)“. imdb. 2022-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  21. „48. Pantene Altın Kelebek Ödülleri sahiplerini buluyor... İşte kazananlar!“. Hürriyet. 2022-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.