Okey
Global Language Monitor assotsiatsiyasi maʼlumotiga koʻra, 2014-yil 23-mart kuni „okey“ (OK) soʻzi 175 yoshga toʻldi. „OK“ sayyoramizda eng keng tarqalgan va umum tan olingan soʻz hisoblanadi.[1]
Kelib chiqishi
tahrir1839-yilning 23-martida oʻsha paytda AQShning eng ommabop nashrlaridan biri boʻlgan The Boston Morning Post gazetasi sahifalarida ushbu soʻz ilk bora paydo boʻldi.[2]
Soʻzning kelib chiqishi haqida koʻplab versiyalar mavjud. Ulardan biriga koʻra, XIX asrning 30-yillarida oʻynoqi qisqartma soʻzlar urfga kirgan. Boston gazetasi jurnalistlari "oll correct" („all correct“ — „hammasi toʻgʻri“ soʻz birikmasining buzib yozilishi) soʻz birikmasidan „OK“ qisqartmasini yaratishgan.
1840-yilda AQShda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida „okey“ soʻzi yanada ommalashadi. Gap shundaki, nomzodlardan biri Martin Van Byuren Nyu-York shtatining Kinderxuk shahridan boʻlib, uning saylov kampaniyasi shiori „Old Kinderhook is OK“ deya jaranglar edi. Natijada ushbu qisqartma soʻz xalq tiliga yanada chuqurroq kirib bordi.
Yana bir versiyaga koʻra, soʻzning kelib chiqishi AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jekson bilan bogʻliq. U shunchalik darajada savodsiz boʻlganki, davlat hujjatlariga „all correct“ oʻrniga „oll correct“ rezolyutsiyasini qoʻygan.
Baʼzilar „okey“ aslida boshqa tillardan oʻtgan, deya taxmin qiladi. Hatto, rus tilidagi “очень хорошо” „OK“ uchun asos boʻlgan, degan fikrlar ham bor.
Shuningdek, uning urush davrlarida paydo boʻlgani haqida gumonlar mavjud. Ularga koʻra, urushda bironta ham qurbon boʻlmagan kuni raportga „0 killed“ (oʻlganlar nolta) — qisqacha „OK“ deya qayd etilgan.
Ayni paytda „okey“ qariyb butun dunyo boʻylab ishlatiladi. AQShning oʻzida esa Okey deb nomlanuvchi shaharcha ham mavjud. U rasmiy qisqartmasi OK boʻlgan Oklaxoma shtatida joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Самому распространенному слову на планете - «ОК» - исполняется 175 лет
- ↑ „Dunyodagi eng ommabop so‘z — „OK“ 175 yoshga to‘ldi“. 26-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2014-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |